Rossiyada ajralishda majburiy mediatsiyani joriy etish rejalashtirilmoqda

Rossiyada oilaviy nizolar bo‘yicha majburiy sudgacha mediatsiyani joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Tegishli qonun loyihasini tayyorlash 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan, deb yozadi "TASS."
Taxminlarga ko‘ra, o‘zgartirishlar "Vositachi ishtirokidagi nizolarni hal qilishning muqobil tartibi (mediatsiya tartib-taomili) to‘g‘risida"gi Federal qonunga kiritiladi. Tashabbus oila va demografik siyosat rejasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilmoqda.
Rejaga ko‘ra, ajrashish jarayonida bo‘lgan ota-onalar kelishuvga erisha olmasalar, kamida bir marta professional mediator bilan uchrashishlari kerak bo‘ladi. Bunday muzokaralar o‘tkazish davrida ishni sudda ko‘rish to‘xtatib turilishi nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatda oilaviy nizolarga ixtisoslashgan mediatorlarning alohida reyestrini shakllantirish rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!