Chemodandagi dahshat: 17 yoshli qizning jasadi aniqlandi

1 daqiqa o'qish6.5K
Chemodandagi dahshat: 17 yoshli qizning jasadi aniqlandi

Tailandning Pattayya shahrida chemodan ichidan 17 yoshli qizning jasadi topilgach, ushbu jinoyat yuzasidan 46 yoshli Avstraliya fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, The Guardian xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, gumondor 26 iyun kuni Bangkokdagi Suvarnabxumi xalqaro aeroportida hibsga olingan. Tergovchilar uni 17 yoshli tailandlik qizning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilmoqda. Biroq erkak o‘ziga qo‘yilgan gumonlarni rad etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kuzatuv kameralarida gumondorning 25 iyun kuni tongda qiz bilan birga turar joy binosiga kirgani, oradan bir necha soat o‘tib esa u yerdan katta qora chemodanni olib chiqib ketgani aks etgan.

Oradan bir kun o‘tib, politsiya temir yo‘l yaqinidan aynan shu chemodanni topgan. Uning ichidan 17 yoshli qizning jasadi aniqlangan. Sud-tibbiy ekspertiza jasadda zo‘ravonlik alomatlari borligini ko‘rsatgan.

Hozirda tergov davom etmoqda. Ekspertiza xulosalari va boshqa dalillar asosida gumondorga qotillik, odam o‘g‘irlash hamda jasadni yashirish kabi moddalar bo‘yicha rasmiy ayblov e’lon qilinishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?