35 yildan keyin topilgan shokolad barchani hayratga soldi

Buyuk Britaniyada uyni bo‘shatish jarayonida kutilmagan topilma aniqlandi. U yerdan 1991 yilda ishlab chiqarilgan Mars shokoladi topildi. Qizig‘i, shirinlik oradan 35 yil o‘tib ham saqlanib qolgan.
Uydan chiqqan eski shokoladning og‘irligi 62,5 gramm ekani ma’lum bo‘ldi. Uning hozirgi Mars batonchiklari bilan solishtirilgan surati esa ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.
Ko‘pchilikni eng ko‘p hayratga solgan jihat esa uning hajmi bo‘ldi. 1991 yildagi shokolad bugungi mahsulotlarga qaraganda ancha kattaroq ko‘ringan. Shu sababli internet foydalanuvchilari «ilgari shokoladlar haqiqatan ham kattaroq bo‘lganmi?» deya savol qo‘ya boshladi.
Mazkur holat mahsulotlarning yillar davomida hajmi qisqarib borishi, ammo narxi saqlanishi yoki oshib ketishi bilan bog‘liq «shrinkflyatsiya» mavzusini ham yana kun tartibiga olib chiqdi.
Eng qizig‘i, 35 yil davomida bir chetda yotgan oddiy shokolad endi internetda muhokama qilinayotgan «noyob topilma»ga aylandi. Ayrimlar esa uning o‘ziga xosligi tufayli kolleksionerlar uchun ham qiziq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.






























Izohlar 0
…