Parijda anomal issiqlik oqibatida bir kunda 109 kishi vafot etdi

1 daqiqa o'qish1.9K
Parijda anomal issiqlik oqibatida bir kunda 109 kishi vafot etdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Fransiya poytaxtida kuzatilgan anomal issiqlik oqibatida bir sutka davomida 109 nafar inson vafot etdi.
  • "Franceinfo" xabariga ko'ra, 26 iyun, juma kuni shaharda havo harorati qariyb 39 darajagacha ko'tarilgan.
  • Ushbu statistikaga faqat uylar va jamoat joylarida qayd etilgan holatlar kiritilgan bo'lib, shifoxonadagilar qo'shilmagani sababli umumiy qurbonlar soni yanada yuqori bo'lishi mumkin.

Fransiya poytaxti Parijda kuzatilayotgan anomal issiqlik jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lmoqda. Bir sutka davomida shaharda 109 nafar insonning vafot etgani qayd etildi. Bu haqda tez tibbiy yordam xizmati ma’lumotlariga tayanib, “Franceinfo” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 26 iyun, juma kuni poytaxtda havo harorati qariyb 39 darajagacha ko‘tarilgan. Ana shu 24 soat ichida tez tibbiy yordam xizmati tomonidan 109 ta o‘lim holati rasman qayd etilgan. Ta’kidlanishicha, yilning shu davrida Parijda bir kunda o‘rtacha yetti nafar inson vafot etadi. Bu esa hozirgi ko‘rsatkich odatdagidan bir necha barobar yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Mutaxassislar aniqlik kiritishicha, ushbu statistikaga faqat tez yordam xodimlari tomonidan uylarda va jamoat joylarida qayd etilgan o‘lim holatlari kiritilgan. Shifoxonalarda sodir bo‘lgan o‘lim holatlari esa mazkur hisobotga qo‘shilmagan. Shu bois, umumiy qurbonlar soni yanada yuqori bo‘lishi mumkinligi istisno etilmayapti.

Qayd etilishicha, xuddi shu davr mobaynida tez tibbiy yordam xizmatiga 3,4 mingga yaqin chaqiruv kelib tushgan. Bu esa issiqlik tufayli sog‘lig‘i yomonlashganlar soni keskin oshganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, “Family Obsèques” dafn marosimlari byurosi direktori Fabyen Yuge jurnalistlarga bergan intervyusida anomal issiqlik oqibatida vafot etganlar soni ortib borayotgani sababli Parijdagi morglar deyarli to‘lib ketganini ma’lum qildi.

Mutaxassislar aholini kunning eng issiq vaqtlarida imkoni boricha tashqariga chiqmaslikka, ko‘proq suv iste’mol qilishga hamda yoshi kattalar va surunkali kasalligi bor insonlarga alohida e’tibor qaratishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?