9 ming metr balandlikda yo‘lovchi samolyot eshigini ochmoqchi bo‘ldi

1 daqiqa o'qish247
9 ming metr balandlikda yo‘lovchi samolyot eshigini ochmoqchi bo‘ldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Malayziyadan Hindistonga uchayotgan samolyotda 36 yoshli Jamshir Atanikal taxminan 9 ming metr balandlikda favqulodda chiqish eshigini ochishga urindi.
  • U yo'lovchilar va ekipaj a'zolariga tahdid qilgan, illyuminator paneliga ham shikast yetkazgan.
  • Ekipaj va bir necha yo'lovchi uni to'xtatib, qo'llarini bog'lagan; Jamshir 12A o'rindig'ida o'tirgan.
  • Samolyot Kochi aeroportiga qo'ngach, u hibsga olinib, odam o'ldirishga urinish bilan bog'liq ayblov qo'yildi.

Malayziyadan Hindistonga uchayotgan yo‘lovchi samolyotida kutilmagan hodisa sodir bo‘ldi. 36 yoshli yo‘lovchi parvoz vaqtida favqulodda chiqish eshigini ochishga uringan. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jamshir Atanikal ismli erkak samolyot taxminan 9 ming metr balandlikda harakatlanayotgan vaqtda favqulodda chiqish lyukini ochishga harakat qilgan. Hodisa aks etgan videolar esa keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Kadrlarda Batik Air aviakompaniyasi xodimlari sarosimaga tushgan yo‘lovchilar ko‘z o‘ngida erkakni to‘xtatishga urinayotgani ko‘rinadi. Jamshir lyukni ochishga harakat qilgan paytda atrofidagi insonlarga ham tahdid qilgan.

Oxir-oqibat ekipaj a’zolari va bir necha yo‘lovchi birgalikda uni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Erkak zararsizlantirilib, qo‘llari bog‘langan va samolyot qo‘nishini kutishga majbur qilingan.

Kochi aeroporti politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea soat 21:30 dan 23:00 gacha davom etgan parvoz vaqtida yuz bergan. Jamshir 12A o‘rindig‘ida o‘tirgan bo‘lgan.

Politsiyaning ta’kidlashicha, u hech qanday aniq sababsiz favqulodda chiqish eshigini ochishga uringan va hatto illyuminator paneliga ham shikast yetkazgan. Shuningdek, uni to‘xtatishga harakat qilgan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolariga tahdidlar bildirgan.

Hodisadan keyin politsiya tomonidan so‘roq qilingan Jamshir o‘z harakatini “o‘sha lahzada shunday qilgisi kelgani” bilan izohlagan. U, shuningdek, parvoz vaqtida o‘lishni istaganini aytgan.

Biroq tergov jarayonida erkak yangi tug‘ilgan farzandini ko‘rish maqsadida uyiga qaytayotgani ham aniqlangan.

Samolyot Kochi aeroportiga qo‘nganidan keyin Jamshir hibsga olindi. Uning harakatlari samolyot bortidagi insonlarning hayotiga jiddiy xavf tug‘dirgani sababli unga odam o‘ldirishga urinish bilan bog‘liq ayblov qo‘yilgan.

Parvoz ekipaji esa Malayziyaga qaytib ketgan. Ular hodisa yuzasidan ko‘rsatma berishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?