Xitoy raketasi uchirilganidan 85 soniya o‘tib portladi

2 daqiqa o'qish213
Xitoy raketasi uchirilganidan 85 soniya o‘tib portladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xitoyning “Long March 7A” raketa-tashuvchisi Venchan kosmodromidan uchirilganidan 85 soniya o‘tib havoda portladi va “Zhongxing-4B” aloqa sun’iy yo‘ldoshi yo‘q qilindi.
  • Hodisa 10 avgust kuni Pekin vaqti bilan soat 20:02 atrofida, raketaning birinchi bosqichi ajralishidan oldin yuz bergan.
  • Mutaxassislar portlashga ishlab chiqarishdagi texnik nuqson, parvozni rejalashtirishdagi xato yoki YF-100 dvigatellaridagi nosozlik sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Xitoyning “Long March 7A” raketa-tashuvchisi navbatdagi parvozini amalga oshirayotgan vaqtda jiddiy halokatga uchradi. Raketa Xitoy janubidagi Xaynan orolida joylashgan Venchan kosmodromidan uchirilganidan atigi 85 soniya o‘tib, havoda portlab ketdi. Hodisa kelgusidagi boshqa kosmik parvozlar muddatiga ham ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda “Space” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 10 avgust kuni Pekin vaqti bilan soat 20:02 atrofida sodir bo‘lgan. “Long March 7A” raketa-tashuvchisi orbitaga “Zhongxing-4B” aloqa sun’iy yo‘ldoshini olib chiqishi kerak edi. Biroq rejalashtirilgan missiya amalga oshmay, raketa startdan 85 soniya o‘tib portlagan.

Halokat raketa birinchi bosqichi ajralib chiqishidan oldin yuz bergan. Natijada raketa bilan birga orbitaga chiqarilishi rejalashtirilgan sun’iy yo‘ldosh ham yo‘q qilingan.

Xitoyning “Sinxua” agentligi parvoz vaqtida “favqulodda vaziyat” yuzaga kelgani va aynan shu holat portlashga sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Hozirda mutaxassislar halokatning aniq sabablarini aniqlash uchun surishtiruv va tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Biroq sun’iy yo‘ldoshning harbiy maqomi bilan bog‘liq ma’lumotlar mavjudligi sababli voqeaning barcha tafsilotlari ommaga oshkor qilinmasligi mumkin.

Mutaxassislar halokat sababini taxmin qilmoqda

Raketa parvozlari bo‘yicha tahlilchi Georgiy Trishkin mazkur halokatni “o‘ta ajabtovur” deb baholagan. Uning ta’kidlashicha, bunday yirik nosozliklar kosmik poyganing dastlabki davrlarida, o‘tgan asrning o‘rtalarida tez-tez kuzatilgan. Ammo hozirgi zamonaviy raketa uchun, ayniqsa uning 18-uchirilishida bunday holat yuz berishi kutilmagan.

Ekspertning fikricha, halokatga bir nechta omil sabab bo‘lishi mumkin. Ular orasida ishlab chiqarish jarayonidagi texnik nuqsonlar, parvozni rejalashtirishda yo‘l qo‘yilgan xatolar yoki raketa dvigatellaridagi nosozliklar bor.

Ayniqsa, mutaxassislar raketa markaziy bosqichida qo‘llaniladigan YF-100 dvigatellari bilan bog‘liq ehtimoliy muammolarga ham e’tibor qaratmoqda. Mazkur dvigatel Xitoyning turli raketa tizimlarida keng qo‘llaniladi.

Agar tekshiruv natijasida aynan dvigatel bilan bog‘liq jiddiy texnik muammo aniqlansa, bu Xitoyning boshqa rejalashtirilgan kosmik parvozlariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki bir xil dvigatel texnologiyasidan foydalanadigan boshqa raketalarni ham qo‘shimcha tekshirish zarurati paydo bo‘ladi.

Xitoyda bu yilgi to‘rtinchi kosmik halokat

Tahlilchining aytishicha, Xitoyda har yili bir nechta raketa bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizliklar qayd etiladi. Bu holat, asosan, mamlakat kosmik parvozlar sonini jadal oshirayotgani va yangi raketa tizimlarini yuqori sur’atda sinovdan o‘tkazayotgani bilan izohlanadi.

Biroq joriy yildagi mazkur halokat Xitoy uchun alohida e’tiborga molik. Chunki bu 2026 yildagi to‘rtinchi muvaffaqiyatsiz kosmik parvoz hisoblanadi. Tahlilchi bu ko‘rsatkichni mamlakatlar orasidagi antirekord sifatida baholagan.

17 yanvar kuni Xitoyda bir vaqtning o‘zida ikkita uchirish muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi. Aprel oyi boshida esa Falcon 9 ko‘p marta foydalaniladigan raketasiga Xitoyning javobi bo‘lishi kerak bo‘lgan Tianlong-3 raketasining uchirilishi ham halokat bilan tugagan.

“Long March 7A” uchun ikkinchi halokat

“Long March 7A” dasturi uchun bu birinchi muvaffaqiyatsizlik emas. Raketa 2020 yil martidagi ilk parvozidan beri ikkinchi bor missiyani muvaffaqiyatli yakunlay olmadi.

Shu bilan birga, 10 avgustdagi parvoz raketa uchun 18-uchirish bo‘lgan. Raketaning avvalgi 17 ta parvozi tajribasidan keyin sodir bo‘lgan ushbu halokat Xitoy mutaxassislari uchun jiddiy texnik tekshiruv o‘tkazish zaruratini yuzaga keltirdi.

Endi asosiy e’tibor portlashga aynan nima sabab bo‘lganini aniqlashga qaratilgan. Tekshiruv natijalari nafaqat “Long March 7A”ning keyingi parvozlari, balki Xitoyning boshqa kosmik dasturlari taqdiri uchun ham muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?