Xitoyning sobiq bosh vaziri 98 yoshida vafot etdi

1 daqiqa o'qish126
Xitoyning sobiq bosh vaziri 98 yoshida vafot etdi

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining sobiq bosh vaziri Chju Junszi 12 avgust kuni Pekinda xastalik oqibatida 98 yoshida vafot etdi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Chju Junszi Pekin vaqti bilan soat 11:06 da hayotdan ko‘z yumgan. Uning qaysi kasallikdan vafot etgani haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Chju Junszi 1998–2003 yillarda XXR Davlat kengashiga boshchilik qilgan. Bunga qadar u bosh vazir o‘rinbosari, Xitoy Xalq banki rahbari, Shanxay shahar hokimi hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Shanxay shahar qo‘mitasi kotibi kabi muhim lavozimlarda faoliyat yuritgan.

U mamlakat rahbariyatida bo‘lgan davrda Xitoyda keng ko‘lamli soliq, moliya va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Chju Junszi mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimini boshqarishda muhim rol o‘ynagan siyosatchilardan biri sifatida tanilgan.

Siyosatchi Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi mavqei mustahkamlanishida ham katta hissa qo‘shgan. U “Xitoy iqtisodiy mo‘jizasi”ning asosiy me’morlaridan biri hamda mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga (JST) qo‘shilishi jarayonida muhim rol o‘ynagan rahbar sifatida tarixda qoldi.

Chju Junszi Xitoy siyosiy iyerarxiyasida eng nufuzli va qudratli rahbarlardan biri bo‘lgan. Uning faoliyati mamlakat iqtisodiyoti, moliya tizimi va islohotlarining muhim bosqichi bilan bog‘liq bo‘lib, Xitoyning keyingi iqtisodiy taraqqiyotiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?