Uchuvchilardan biri narkotik ta’sirida samolyotni boshqargani aniqlandi

1 daqiqa o'qish116
Uchuvchilardan biri narkotik ta’sirida samolyotni boshqargani aniqlandi

Hindistonning Air India aviakompaniyasiga tegishli samolyot parvoz vaqtida kutilmaganda qariyb 90 metrga pastlagan. Dastlab bunga turbulentlik sabab bo‘lgani taxmin qilingan. Biroq keyinchalik samolyot uchuvchilaridan biri parvoz vaqtida narkotik ta’sirida bo‘lgani aniqlangan.

Hodisa 4 avgust kuni Pxuket–Nyu-Dehli yo‘nalishida parvoz qilayotgan Airbus A320neo samolyotida yuz bergan. Samolyotning keskin pastlashi oqibatida 20 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi jarohatlangan. Ulardan 17 nafari shifoxonaga olib ketilgan.

Vaziyat yanada jiddiy tus olishi mumkin edi, biroq ikkinchi uchuvchi o‘z vaqtida boshqaruvni qo‘lga olgan. U samolyotni nazoratga olib, uni xavfsiz tarzda Nyu-Dehliga qo‘ndirgan.

Hozirda hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda. Hindiston aviatsiya vazirligi voqea yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?