Namanganda avtobusda qizga shilqimlik qilgan erkak va uni urgan qiz jarimaga tortildi

1 daqiqa o'qish346
Namanganda avtobusda qizga shilqimlik qilgan erkak va uni urgan qiz jarimaga tortildi

Namanganda jamoat transportida sodir bo‘lgan mojaro sudda ko‘rib chiqildi. Ma’lum bo‘lishicha, 66 yoshli erkak avtobusda 18 yoshli qizga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan. Qiz esa bunga javoban erkakni urib, unga yengil tan jarohati yetkazgan.

Voqea joriy yilning 27 iyul kuni Namangan shahridagi avtobuslardan birida yuz bergan. Bu haqda UzNews sud qaroriga tayanib xabar berdi.

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, erkak qizning son qismidan ushlab, unga nisbatan nomaqbul harakat qilgan. Shundan so‘ng qiz erkakni urgan. Uning zarbasi natijasida jabrlanuvchining sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetmagan, biroq yengil tan jarohati qayd etilgan.

Sud ishni ko‘rib chiqib, har ikki tomon ham ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan, degan xulosaga kelgan.

Qizga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi asosida, ya’ni yengil tan jarohati yetkazgani uchun BHMning 0,5 baravari — 206 ming so‘m miqdorida jarima tayinlangan.

66 yoshli erkak esa kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi, ya’ni shahvoniy shilqimlik qilgani uchun aybdor deb topilgan. Unga BHMning 2 baravari — 824 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?