Hindistonda ko‘ldagi “jasad” kutilmaganda tirilib ketdi (video)

Hindistonning Hanamkonda shahrida ko‘lda qariyb 5 soat qimirlamay yotgan erkakni ko‘rganlar uni vafot etgan deb o‘ylab, politsiyaga xabar bergan. Huquq-tartibot xodimlari uni qirg‘oqqa chiqarish uchun qo‘lidan ushlaganida, erkak kutilmaganda o‘rnidan turib ketgan. U kun bo‘yi ishlab charchagani, salqinlash uchun ko‘lga tushib, suvda uxlab qolgani ma’lum bo‘lgan. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, turli hazil-mutoyibalarga sabab bo‘lmoqda.
Hindistonning Hanamkonda shahrida ko‘lda qariyb 5 soat davomida qimirlamay yotgan erkak mahalla aholisini sarosimaga soldi. Uni ko‘rganlar erkak vafot etgan deb o‘ylab, zudlik bilan politsiyaga xabar bergan.
Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari suvdagi erkakni qirg‘oqqa chiqarish uchun qo‘lidan ushlaganida esa kutilmagan holat yuz berdi — u birdan o‘rnidan turib ketdi.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak kun bo‘yi ishlab, qattiq charchagan. U salqinlash maqsadida ko‘lga tushgan va suvda uxlab qolgan. Shu sababli uzoq vaqt qimirlamay yotgan.
Erkakning tirikligi aniqlangach, politsiya xodimlari va voqea joyiga yig‘ilgan odamlar yengil nafas olgan. Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar orasida turli hazil-mutoyibalarga sabab bo‘lmoqda.






























Izohlar 0
…