Ikkinchi qoʻl BMW 7 Series: hamyonbop narxda hashamat va amaliylik

2018-yilda ishlab chiqarilgan, 52 000 mil masofani bosib o'tgan BMW 730d ikkilamchi bozorda taxminan 20 000 funt sterlingga baholanmoqda, xuddi shu yillardagi 530d esa 17 000 funt sterling turadi. BMW 7 Series yengil va mustahkam konstruksiyasi, 5,1 metr uzunligi hamda 515 litrli yukxonasi bilan keng va amaliy salonni taklif etadi.
Ikkilamchi bozorda yaxshi holatdagi nemis avtomobilini qidirayotgan xaridorlar odatda BMW 3 Series yoki 5 Series modellariga eʼtibor qaratishadi. Biroq, ixbt.com maʼlumotiga koʻra, biroz koʻproq mablagʻ sarflab, flagman hisoblangan BMW 7 Series sedaniga ega chiqish ham mumkin. Tengdosh universal kuzovdagi 3 Series yoki 5 Series modellaridan narx boʻyicha unchalik farq qilmaydigan bu hashamatli sedan ayni paytda oʻzining qiymati bilan koʻpchilikni hayratda qoldirmoqda. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.
Misol uchun, 2018-yilda ishlab chiqarilgan va 52 000 mil masofani bosib oʻtgan BMW 730d modeli taxminan 20 000 funt sterling atrofida baholanmoqda. Taqqoslash uchun, xuddi shu yillardagi 530d modeli ham taxminan 17 000 funt sterling turadi. Narxdagi uncha katta boʻlmagan farq haydovchiga ancha yuqori maqom va oʻzgacha hissiyot taqdim etadi.
Yengil konstruksiya va ilgʻor texnologiyalar
Avtomobil eshigini ochib, B ustunidagi “carbon core” yozuviga koʻz tushadi. Bu toʻliq i8 uslubidagi karkas boʻlmasa-da, poʻlat va uglerod tolali plastmassadan yasalgan konstruksiya boʻlib, alyuminiy kuzov bilan birgalikda ogʻirlikni kamaytirishga (1755 kg gacha) va mustahkamlikni oshirishga xizmat qiladi. Bu esa mashinaning dinamikasi va samaradorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.Garchi salon dizayni yanada jozibaliroq boʻlishi mumkin edi, biroq yuqori sifatli teri va metall elementlarning koʻplab ishlatilgani mashinaning premiun maqomini saqlab qolgan. Hatto oddiy gʻildirak bazasiga ega versiyasi ham 5,1 metr uzunlikka ega boʻlib, ichki makoni juda keng. 515 litr hajmli yukxona koʻplab universal avtomobillar bilan bemalol raqobatlash oladi.
Orqa oʻrindiqdagi qulayliklar va harakat dinamikasi
Agar xaridor uzun bazali versiyani (L indeksi bilan) tanlasa, qoʻshimcha 140 mm uzunlik ayniqsa orqa oʻrindiqdagi yoʻlovchilar uchun sezilarli boʻladi. Bu hatto Mercedes-Benz S-Class modeli bilan solishtirganda ham kengroq fazoni taʼminlaydi. Salonda maksimal qulaylikka erishish uchun Executive Package va Rear Seat Comfort Package paketlarini tanlash maqsadga muvofiq.- Isitish va massaj funksiyasiga ega qulay oʻrindiqlar
- Orqa yoʻlovchilar uchun multimedia ekranlari va boshqaruv plansheti
- Massaj rejimlari va raqamli televideniyeni boshqarish imkoniyati
Oltinchi avlod 7 Series (G11 yoki G12) modellari koʻpincha 730d (261 ot kuchi) yoki 740d (315 ot kuchi) modifikatsiyalarida uchraydi. 3,0 litrli “B57” turbsiz qatorli olti silindrli dizel dvigateli tinch va tortish kuchi yuqori ekani bilan ajralib turadi. Mutaxassislarning fikricha, bu motor 45 mpg yoqilgʻi sarfiga erishib, bir martalik toʻldirishda 800 mildan ortiq masofani bosib oʻtish imkonini beradi.































Izohlar 0
…