Hindistonda yomg‘ir yog‘ishi uchun eshaklar nikohlantirildi

Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi Kurlapalli qishlog'i aholisi yomg'ir yog'ishini tilab, ikki eshak uchun an'anaviy nikoh marosimini o'tkazdi. Anantapur tumanidagi Kalyandurg mandali tarkibiga kiruvchi qishloqda eshaklar barabanlar sadosi ostida ko'chalardan olib o'tilib, ular uchun ramziy nikoh o'qilgan. Aholi juftlik ustiga suv quyib, mo'l-ko'l yomg'ir yog'ishi uchun maxsus duolar qilgan.
Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi qishloq aholisi yomg‘ir yog‘ishini tilab, ikki eshak uchun an’anaviy nikoh marosimini o‘tkazdi. Mahalliy aholi ushbu urf-odat barakali yomg‘ir va muvaffaqiyatli musson mavsumini olib kelishga ishonadi.
Hind ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, Anantapur tumanidagi Kalyandurg mandali tarkibiga kiruvchi Kurlapalli qishlog‘i aholisi mazkur marosimni yog‘ingarchilikni chaqirishga qaratilgan mahalliy an’ana sifatida tashkil etgan.
Marosim davomida ikki eshak barabanlar sadosi ostida qishloq ko‘chalari bo‘ylab olib o‘tilgan. Shundan so‘ng ular uchun ramziy nikoh marosimi o‘tkazilib, aholi juftlik ustiga suv quygan va mo‘l-ko‘l yomg‘ir yog‘ishi uchun maxsus duolar qilgan.
Qishloq aholisining aytishicha, ular avval ham shunga o‘xshash marosimni o‘tkazgan. O‘shanda hududda yog‘ingarchilik yaxshi bo‘lgan. Shu sababli aholi bu yil ham qadimiy an’ana musson yomg‘irlarining serob bo‘lishiga sabab bo‘ladi, degan umidda.






























Izohlar 0
…