Jonli efirdagi provokatsiya: Qozog‘iston rossiyalik strimerni mamlakatdan chiqarib yubordi

1 daqiqa o'qish191
Jonli efirdagi provokatsiya: Qozog‘iston rossiyalik strimerni mamlakatdan chiqarib yubordi

Qozog‘iston shaharlarining hududiy yaxlitligi va davlatga tegishliligini shubha ostiga olgan rossiyalik strimer mamlakatdan chiqarib yuborildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Strimlari politsiya e’tiboriga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlar va Twitch'da Fasoollka taxallusi bilan tanilgan strimer iyun oyi boshida Qozog‘istonga kelib, bir necha bor to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga chiqqan.

Efirlarida u Qozog‘iston, uning fuqarolari va madaniyati haqida haqoratli hamda provokatsion fikrlar bildirgan.

Politsiya uning chiqishlarini o‘rganib, harakatlariga huquqiy baho bergan.

Mamlakatga 5 yil kirolmaydi

Qozog‘iston politsiyasi ma’lum qilishicha, xorij fuqarosi sud qarori bilan jarimaga tortilgan va mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Shuningdek, unga Qozog‘istonga 5 yil davomida kirish taqiqlangan.

Politsiya xorijliklar uchun mamlakat ochiq ekanini, biroq ular Qozog‘iston qonunlari, fuqarolari va umume’tirof etilgan xulq-atvor me’yorlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi shartligini ta’kidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?