Okeanda “o‘z umrini orqaga qaytarishi” mumkin bo‘lgan jonzot bor

Turritopsis dohrnii deb ataladigan mayda meduza og'ir sharoitlarda hayot siklini katta meduza bosqichidan yosh polip bosqichiga qaytara oladi. Jarohatlanish yoki ochlik kabi stress holatlarida uning ayrim maxsuslashgan hujayralari o'z xususiyatini o'zgartirib, boshqa turdagi hujayralarga aylanadi va bu jarayon transdifferensiatsiya deb ataladi.
Okeanlarda inson tasavvurini hayratga soladigan jonzotlar juda ko‘p. Ammo ular orasida hayot siklini go‘yo «orqaga qaytarish» qobiliyati bilan mashhur bo‘lgan bir tur bor. Gap Turritopsis dohrnii — «o‘lmas meduza» deb ataladigan mayda jonzot haqida ketmoqda.
Ushbu meduzaning eng g‘ayrioddiy xususiyati shundaki, u og‘ir sharoitga tushganda odatiy hayot siklini teskari yo‘naltirishi mumkin. Masalan, jarohatlanish yoki ochlik kabi stress holatlarida katta meduza shaklidan yana yosh polip bosqichiga qaytadi. Keyin esa ushbu bosqichdan yana yangi meduza rivojlanadi.
Bu jarayon oddiy qarish jarayonidan keskin farq qiladi. Meduzaning ayrim maxsuslashgan hujayralari o‘z xususiyatini o‘zgartirib, boshqa turdagi hujayralarga aylana oladi. Ilmiy tilda bu jarayon transdifferensiatsiya deb ataladi. Shu orqali jonzot hayot siklini qayta boshlash imkoniga ega bo‘ladi.
Shu sababli olimlar Turritopsis dohrniini biologik jihatdan «o‘lmas» deb atashadi. Biroq bu uni mutlaqo hech qachon o‘lmaydi, degani emas. Meduza kasallik, yirtqichlar hujumi yoki boshqa tashqi xavflar tufayli halok bo‘lishi mumkin. «O‘lmaslik» tushunchasi asosan uning qarilik tufayli hayot siklini tugatishdan qocha olishiga ishora qiladi.






























Izohlar 0
…