Turkiyada imom tomog‘iga shirinlik tiqilgan qizaloqni qutqardi

Turkiyada imom tomog‘iga shirinlik tiqilgan qizaloqni qutqardi

Turkiyaning Izmir shahrida yozgi Qur’on kursida tahsil olayotgan qizaloqning hayotini masjid imomi saqlab qoldi. Dars vaqtida uning tomog‘iga kutilmaganda shirinlik tiqilib qolib, qizaloq vahima ichida yordam izlab yugura boshlagan.

Vaziyatni ko‘rgan masjid imomi Muhammed Acar zudlik bilan yordamga kelib, Geymlix manyovrini qo‘llagan. Natijada qizaloqning nafas yo‘li ochilib, hayoti saqlab qolingan.

Voqeadan so‘ng qizning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilingan. Ushbu holat favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar