Vodorodli avtomobil 653 km/soat tezlikka chiqib, rekord o‘rnatdi

1 daqiqa o'qish179
Vodorodli avtomobil 653 km/soat tezlikka chiqib, rekord o‘rnatdi

Britaniyalik mashhur poygachi Endi Grin vodorod bilan ishlaydigan ichki yonuv dvigateliga ega avtomobilda 653,9 km/soat tezlikka erishib, yangi jahon rekordini qayd etdi. Rekord AQSHning Yuta shtatidagi Bonnevil tuz tekisligida o‘rnatilgan.

Yangi natija avvalgi 298,5 km/soatlik rekorddan ikki baravardan ham yuqori bo‘ldi. Uzunligi 9,75 metr bo‘lgan avtomobil JCB kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning ikkita vodorod dvigateli jami 1600 ot kuchi ishlab chiqaradi.

Qayd etilishicha, loyiha nafaqat yuqori tezlikni, balki vodorod yoqilg‘isidan foydalanadigan dvigatellarning imkoniyatlarini namoyish etishga qaratilgan. Shu jihatdan yangi rekord ekologik toza yoqilg‘ilar asosidagi texnologiyalar uchun ham muhim sinov bo‘ldi.

64 yoshli Endi Grin tezlik rekordlari borasida tajribali sportchi hisoblanadi. U 1997 yilda Thrust SSC reaktiv avtomobilida 1228 km/soat tezlikka chiqib, ovoz to‘sig‘ini buzgan. Ushbu mutlaq quruqlik tezligi rekordi hozirgacha yangilanmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?