Hindistonda ko‘ldagi “jasad” kutilmaganda tirilib ketdi (video)

Hindistonning Hanamkonda shahrida ko‘lda qariyb 5 soat davomida qimirlamay yotgan erkak mahalla aholisini sarosimaga soldi. Uni ko‘rganlar erkak vafot etgan deb o‘ylab, zudlik bilan politsiyaga xabar bergan.
Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari suvdagi erkakni qirg‘oqqa chiqarish uchun qo‘lidan ushlaganida esa kutilmagan holat yuz berdi — u birdan o‘rnidan turib ketdi.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak kun bo‘yi ishlab, qattiq charchagan. U salqinlash maqsadida ko‘lga tushgan va suvda uxlab qolgan. Shu sababli uzoq vaqt qimirlamay yotgan.
Erkakning tirikligi aniqlangach, politsiya xodimlari va voqea joyiga yig‘ilgan odamlar yengil nafas olgan. Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar orasida turli hazil-mutoyibalarga sabab bo‘lmoqda.






























Izohlar 0
…