Quyosh tutilishidan so‘ng ko‘z og‘rig‘i bo‘yicha qidiruvlar keskin oshdi

12 avgust kuni kuzatilgan Quyosh tutilishidan keyin Buyuk Britaniya va Ispaniyada ko‘z og‘rig‘i bilan bog‘liq internet qidiruvlari mos ravishda 1 500 foiz va 5 000 foizga oshdi. Mutaxassislar Quyoshga bir necha soniya himoyasiz qarash ham ko‘z to‘r pardasiga zarar yetkazib, quyosh retinopatiyasini keltirib chiqarishi mumkinligini ta'kidladi.
12 avgust kuni kuzatilgan Quyosh tutilishidan keyin Buyuk Britaniya va Ispaniyada ko‘z bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha internet qidiruvlari keskin ko‘paygan. Xususan, “ko‘zlarim og‘riyapti” mazmunidagi Google qidiruvlari Buyuk Britaniyada 1 500 foizga, Ispaniyada esa 5 000 foizga oshgani qayd etilgan.
Ayrim odamlar Quyoshga atigi bir necha soniya himoyasiz qaraganidan so‘ng ko‘z og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i va xira ko‘rish kabi belgilarni sezgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Quyoshga qisqa muddat to‘g‘ridan to‘g‘ri qarashning o‘zi ham ko‘zning to‘r pardasiga zarar yetkazib, quyosh retinopatiyasiga olib kelishi mumkin.
Ushbu holatda alomatlar darhol sezilmasligi, bir necha soat o‘tgach namoyon bo‘lishi ehtimoli bor. Ko‘rishning xiralashishi, ko‘z oldida qoramtir dog‘lar paydo bo‘lishi, ranglarni ajratishda qiyinchilik va ko‘zning achishishi asosiy belgilar qatoriga kiradi.

Bunday xavf avvalgi Quyosh tutilishlarida ham kuzatilgan. Masalan, 1999 yilda Buyuk Britaniyada sodir bo‘lgan to‘liq Quyosh tutilishidan keyin Londondagi Moorfields Eye Hospital'ga 1 600 ga yaqin qo‘ng‘iroq kelib tushgan, 220 kishi esa ko‘ziga zarar yetganidan xavotirlanib shoshilinch yordamga murojaat qilgan.
Shifokorlar Quyosh tutilishini tomosha qilishda oddiy quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklardan foydalanmaslikni, buning o‘rniga ISO 12312-2 standartiga mos maxsus himoya ko‘zoynaklarini taqishni tavsiya qiladi






























Izohlar 0
…