Tailandda yovvoyi fil mashinadan meva “o‘g‘irladi”

Tailandning Khao Yai hududida yovvoyi fil avtomobil oynasini sindirib, salon ichidagi mevalarni yeb qo'ydi. Odamlar uni haydashga va to'xtatishga uringan bo'lsa-da, fil o'ljasidan voz kechmadi. Mevalardan to'ygan fil voqea joyini xuddi hech narsa bo'lmagandek tark etdi. Guvohlar bu holatni hazil tariqasida “yilning eng noodatiy o'g'irligi” deb atashdi.
Tailandning Khao Yai hududida yovvoyi fil avtomobil turargohida noodatiy “o‘g‘rilik” sodir etgani bilan odamlarni hayratda qoldirdi. Fil mashinalardan biriga yaqinlashib, odamlarning uni haydashga urinishlariga qaramay, ortga qaytmagan.
U mashinaning oynasini sindirib, salon ichidagi mevalarni topgan va ularni bemalol yeya boshlagan. Atrofdagilar uni to‘xtatishga harakat qilgan bo‘lsa-da, fil o‘z “o‘ljasi”dan voz kechmagan.
Guvohlar hazil tariqasida bu holatni “yilning eng noodatiy o‘g‘irligi” deb atashdi. Mevalardan to‘yib olgan fil esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek voqea joyini tark etgan.






























Izohlar 0
…