Ispaniyada Quyosh tutilishi ortidan 511 kishi shifokorga murojaat qildi

1 daqiqa o'qish188
Ispaniyada Quyosh tutilishi ortidan 511 kishi shifokorga murojaat qildi

Ispaniyada 12 avgust kuni kuzatilgan to‘liq Quyosh tutilishi kutilmagan holatlarga sabab bo‘ldi. Hodisadan so‘ng mamlakat bo‘ylab kamida 511 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi.

Murojaatlarning aksariyati yengil kechgan. Odamlarda bosh aylanishi, xavotir, yengil jarohatlar hamda ko‘rish bilan bog‘liq shikoyatlar qayd etilgan.

Eng ko‘p holat Kataloniyada — 115 kishi, Madridda — 101 kishi va Basklar avtonom jamiyatida — 58 kishi kuzatilgan. Kataloniyada 37 nafar odam ko‘z og‘rig‘idan shikoyat qilgan, ammo ulardan faqat 10 nafari shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.

Shifokorlar Quyosh tutilishi paytida odamlar yorug‘likning pasayishi tufayli ko‘zga xavf kamaygan, deb o‘ylab qolishi mumkinligidan ogohlantirdi. Aslida esa Quyoshga himoyasiz tik qarash ko‘z to‘r pardasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Mutaxassislar bunday osmon hodisalarini kuzatishda faqat maxsus sertifikatlangan himoya ko‘zoynaklaridan foydalanishni tavsiya qilmoqda.

12 avgustdagi tutilish Yevropa uchun ham muhim voqea bo‘ldi. Grenlandiya, Islandiya, Portugaliya va Ispaniyaning ayrim hududlarida Quyosh to‘liq Oy ortida qolgan. G‘arbiy Yevropaning yirik shaharlarida esa Quyosh diskining 85–95 foizi to‘silgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?