Fransiyada Messining imzoli futbolkasi va sardorlik bog‘ichi o‘g‘irlandi (video)

Fransiyada Messining imzoli futbolkasi va sardorlik bog‘ichi o‘g‘irlandi (video)

Fransiya poytaxti Parijdagi ommaviy tartibsizliklar vaqtida futbol muzeylaridan biridan argentinalik yulduz Lionel Messining qimmatli buyumlari o‘g‘irlab ketildi. Ular orasida futbolchining «Barselona»da o‘ynagan davrida kiygan, imzosi tushirilgan futbolkasi va sardorlik bog‘ichi bor. Bu haqda TyC Sports xabar berdi.

Xorijiy OAV xabarlariga ko‘ra, hodisa 17 oktyabr kuni yuz bergan. Yuzlarini niqob bilan berkitgan shaxslar muzeyga bostirib kirib, futbolchiga tegishli buyumlarni olib chiqib ketgan. Keyinchalik o‘g‘irlangan buyumlar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘g‘irlangan futbolkada Messining «Barselona»dagi 10-raqami aks etgan. Sardorlik bog‘ichi ham futbolchining imzosi tushirilgan holda ramkaga joylangan bo‘lgan.

Hodisa Fransiyada yashash xarajatlarining oshishi va ta’lim tizimidagi muammolarga qarshi namoyishlar o‘tkazilayotgan bir paytda sodir bo‘lgan. Ayrim hududlarda namoyishlar tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylangan.

Hozircha o‘g‘irlangan buyumlar topilgani yoki gumonlanuvchilar qo‘lga olingani haqida ishonchli ma’lumot e’lon qilinmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar