Moskvada tipratikanlar kafesi ochildi (foto)

Rossiya poytaxti Moskva shahrida mijozlarning tomosha qilishlari uchun tipratikanlar kafesi ochildi, deb yozadi «Xabar» nashri.

Taym-kafe (antikafe deb ham ataladi) turiga kiruvchi ushbu kafeda yeyilgan taom uchun emas, u yerda o‘tkazilgan vaqt uchun pul to‘lanadi. Tipratikanlarni tomosha qilish va silab qo‘yishni istasangiz, kunduzi bir daqiqa uchun 4 rubl, kechki payt hamda dam olish kunlari esa 8 rubl to‘lash lozim.

«Yejeminutka» nomini olgan bu kafe ochilishi bilan mijozlar soni ortib ketdi. Uning nomi daqiqalarga bog‘liq bo‘lib, shuningdek, «yej» yoki «yoj», ya’ni tipratikan so‘zidan ham olingan.

Izohlar 0
…