Istanbuldagi kafe qahvani "kapelnitsa" idishlarida taqdim etib, internetda mashhur bo‘ldi

Dunyo1 daqiqa o'qish3
Istanbuldagi kafe qahvani "kapelnitsa" idishlarida taqdim etib, internetda mashhur bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahridagi kafelardan biri mijozlarga qahvani noodatiy usulda taqdim etishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Muassasada an’anaviy finjon va stakanlar o‘rniga tibbiy tomchilatish tizimiga o‘xshash maxsus xaltachalardan foydalaniladi.

Kafe xodimlari oq xalat kiyib xizmat ko‘rsatadi. Sovuq qahva va turli maxsus ichimliklar shaffof, oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan xaltachalarga quyilib, mijozlarga uzatiladi. Idishlarga esa ichimlik tarkibi yozilgan hazilomuz yorliqlar yopishtirilgan. Mehmonlar qahvani xaltachaga ulangan naycha orqali ichishadi.

Mazkur g‘oya tashqi ko‘rinishi bilan tibbiy muolajalarda ishlatiladigan kapelnitsalarni eslatgani sababli ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Kafega tashrif buyurgan mijozlar noodatiy taqdimot aks etgan surat va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda ulashishni boshladi.

Natijada kafe haqidagi tasvirlar tezda ommalashib, ushbu o‘ziga xos qahvani tatib ko‘rishni istaganlar muassasa oldida navbat hosil qila boshladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?