Fukusimaning radiasiyasi Kanadagacha etib bordi

PNAS ilmiy jurnalida kanadalik va amerikalik olimlarning Tinch okeani, Shimoliy Amerika sohillaridagi radiasiya darajasini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti e’lon qilindi, deb xabar bermoqda kun.uz.
2011 yilning mart oyida yuz bergan kuchli zilzila va sunami natijasida Yaponiyadagi “Fukusima-1” atom elektr stansiyasida dahshatli avariya sodir bo‘lgandi.
2012 yilning iyunida esa Kanada baliqchilik va okeanlar vazirligidan Jon Smit va unin hamkasblari Tinch okeanidagi radioaktiv chiqindilar (aynan seziy-134 va seziy-137 izotoplari) darajasini o‘rganishga kirishdi.
Kuzatuv ishlari 2014 yilning fevraliga qadar davom etdi.
Radioaktivlik mavjudligi haqidagi dastlabki signallar kuzatuv ishlari boshlanganidayoq, 2012 yilning yozida, Britaniya Kolumbiyasi (Kanadaning bir viloyati)dan 1,5 ming kilometr uzoqlikda topildi.
Oradan bir yil o‘tib Kanadaning kontinental shelfidagi radioaktivlik darajasi “Fukusima”dagi avariyadan avvalgi holatga nisbatan ikki barobar – bir kubometrga 2 bekkerelgacha o‘sgani ma’lum bo‘ldi.
Mutaxassislarning taxminicha, 2015-2016 yillarga borib radiasiya darajasi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga (bir kubometrga 3-5 bekkerel) chiqishi mumkin.
Shunga qaramay, olimlarning fikricha, bunday miqdordagi seziy izotoplarining okean suvida bo‘lishi odamlar salomatligiga xavf solmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing