Tramp Atlantika yoki Tinch okeani nomini "o‘zgartirishni" taklif qildi

Tramp Atlantika yoki Tinch okeani nomini "o‘zgartirishni" taklif qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Atlantika yoki Tinch okeani nomini «Tramp okeani» yoki «Amerika qit’alari okeani» deb o‘zgartirish mumkinligini aytdi. U bu haqda 10 oktyabr kuni Tennessi shtatidagi Klarksvill shahrida o‘tkazilgan mitingda gapirdi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Tramp o‘z nutqida AQSHda o‘z nomi bilan ataladigan qo‘ltiq va ko‘l borligini eslatib, endi okean va daryoga ham shunday nom berish kerakligini ta’kidladi.

«Bizga daryo kerak. Bizga okean kerak», — dedi u.

Shundan so‘ng prezident Atlantika yoki Tinch okeanlaridan birining nomini o‘zgartirish mumkinligini aytib, «Tramp okeani» yoki «Amerika qit’alari okeani» kabi variantlarni taklif qildi. Uning ta’kidlashicha, prezidentlik muddati tugaguniga qadar AQSH o‘z nomi bilan ataladigan okeanga ham ega bo‘lishi kerak.

Tramp avvalroq Meksika qo‘ltig‘ini «Amerika qo‘ltig‘i» deb qayta nomlash tashabbusi bilan chiqqan edi. Uning yangi mulohazasi ham geografik obyektlar nomini o‘zgartirish borasidagi avvalgi tashabbuslarini eslatdi.

Biroq hozircha Atlantika yoki Tinch okeani nomini o‘zgartirish bo‘yicha rasmiy qaror e’lon qilinmagan. Trampning mitingdagi gaplari hozircha taklif sifatida qolmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar