08:53 / 25.02.2020
2 663

AQSHda koronavirus bo‘yicha maxfiy matbuot anjumani o‘tkaziladi

AQSHda koronavirus bo‘yicha maxfiy matbuot anjumani o‘tkaziladi
Foto: AP Photo / Susan Walsh
Bu haqda AQSH kongressi apparatidagi manbalar “Assoshieyted Press” axborot agentligiga xabar qilgan.
24 fevralda AQSH prezidenti Donald Tramp kongressdan koronavirusga qarshi kurash uchun 2,5 mlrd dollar ajratishni so‘ragan.

Bugun ma’muriyat vaksinani ishlab chiqishni tezlashtirish, tayyorgarlik va javob berishni qo‘llab-quvvatlash, zarur uskunalar va materiallar sotib olish uchun 2,5 mlrd dollarlik moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha rejani yo‘llamoqda”, deyilgan xabarda.

Trampning o‘zi AQSHda koronavirus bilan bog‘liq vvaziyat nazorat ostidaligini aytgan.
AQSHda ayni vaqtda koronavirusga chalinish bo‘yicha 14 ta holat qayd qilingan. Shuningdek, koronavirusga chalingan 39 amerikalik xorijdan qaytarilib, karantinga joylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda koronavirus bo‘yicha maxfiy matbuot anjumani o‘tkaziladi