Tramp “Ozodlik kuni” sababli ikki kurkani afv etdi: ular bayram dasturxoniga tortilmaydi

AQSH prezidenti Donald Tramp 24 noyabr kuni Shukronalik bayrami arafasida o‘tkaziladigan an’anaviy marosimda Freedom («Ozodlik») va Feathers («Patlar») laqabli ikki kurkani ramziy ravishda «afv etdi».
BBC rus xizmati xabariga ko‘ra, ikkala kurka ham G‘arbiy Virjiniya shtatidagi fermada boqilgan. Ularning nomlari amerikaliklar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish orqali tanlangan.
Prezident tomonidan «afv etilgan» qushlar bayram dasturxoniga tortilmaydi. Marosimdan so‘ng ular Texas A&M universitetiga yuboriladi. U yerda mutaxassislar va talabalar ularni parvarish qiladi.
AQSHda prezidentga Shukronalik kuni oldidan kurka sovg‘a qilish an’anasi 1947 yilda boshlangan. O‘shandan buyon kurka yetishtiruvchilar har yili davlat rahbariga ushbu qushlardan sovg‘a qilib keladi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…