Foto: «RBK»
Amerikalik 18 yoshli xonanda Billi Aylish Telekom Electronics Beats podkastida ishtirok etdi va Kaliforniyada karantinni qanday o‘tkazgani haqida gapirib berdi, deb yozadi «RBK»ga tayanib Daryo.
«Bu g‘alati eshitilishi mumkin, lekin menga yolg‘iz qolish yoqadi. Ko‘pchilik internetda kun bo‘yi vaqtini FaceTime’da sog‘ingan do‘stlari bilan ko‘rishish uchun o‘tkazayotgani haqida yozyapti. Men o‘z do‘stlarimni yaxshi ko‘raman, biroq yolg‘iz qolish menga yoqadi. Menda 12 yil davomida yolg‘iz qolish imkoni bo‘lmagan. Bu mantiqsizlik», — deydi Billi.
U shuningdek, yolg‘iz qolish foydali va zarur tajriba ekanligini ham qo‘shimcha qilgan.
Xonanda kun bo‘yi Miss Mardi va Jima laqabli ikkita pitbuli bilan vaqt o‘tkazmoqda va buni «to‘laqonli bandlik» deb atadi.
Xonandaning fikricha, karantin tugashi bilan insonlar o‘zini baxtli his qila boshlaydi.
«Biz ko‘chaga chiqib, bir-birimizni ko‘rishimiz bilan bu holatning baxt ekanligini anglab yetamiz. Lekin uch kun o‘tib, buni oddiy holdek qabul qila boshlaymiz. Inson tabiati shunaqa. Biz nimaningdir qadrini uni yo‘qotganimizda bilamiz. Biroq uni bizga qaytib berishganida boshqa hech qachon uni yo‘qotmaymiz, deb o‘ylaymiz. Bu juda g‘alati, axir biz ko‘chada sayr qilish yoki do‘stlarimiz bilan diydor ko‘rishish imkonini yo‘qotish mumkinligini hech qachon xayolimizga ham keltirmagandik», — deydi Billi Aylish.
Xonanda shuningdek, kelajak haqida ko‘p ham o‘ylamasdan hozirgi hayot bilan yashashni istashini ham qo‘shimcha qilgan.
«Men hozir o‘z harakatlarim haqida, ular dunyoga, insonlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida o‘ylayapman. Shuning uchun hech qachon menga baribir, demayman»— deydi xonanda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda