Krishtianu Ronaldu onasiga Mercedes-Benz sovg‘a qildi

Krishtianu Ronaldu onasiga Mercedes-Benz sovg‘a qildi
Foto: Instagram
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh onalar kuni munosabati bilan o‘g‘lidan qabul qilgan sovg‘ani namoyish qildi.
Portugaliyada may oyining ilk yakshanba kuni nishonlanadigan ushbu bayramga Krishtianu onasiga Mercedes-Benz GLC Coupé avtomobilini sovg‘a qilgan. Mazkur avtomobilning narxi 50-55 ming yevro atrofida turadi.

«Bugungi sovg‘a uchun farzandlarimga tashakkur aytaman. Barcha onalarga baxt tilayman», — deya yozadi Doloresh Instagram sahifasida.

Ronaldu ham onasi va qaylig‘i Jorjina Rodrigesni Instagram orqali tabriklagan.
«Men uchun qadrdon ikki ayolga onalar kuni muborak bo‘lsin», — deya yozadi Ronaldu.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar