Ronalduning Messiga yozgan izohi 5,8 mln layk to‘pladi

Ronalduning Messiga yozgan izohi 5,8 mln layk to‘pladi

Krishtianu Ronalduning Lionel Messi haqida Instagram'da qoldirgan izohi 5,8 millionta layk to‘pladi. Izohda Ronaldu Messining Argentina terma jamoasi bilan erishgan Jahon chempionatidagi g‘alabasini e’tirof etgan va unga hurmatini bildirgan.

Ronalduning qisqa izohini millionlab Instagram foydalanuvchilari yoqtirgan. Natijada ushbu izoh futbolchilarning ijtimoiy tarmoqdagi eng ko‘p e’tibor qaratilgan yozuvlaridan biriga aylangan.

Messining Ronalduga tegishli posti ham yuqori ko‘rsatkich qayd etmoqda. Ronalduning tug‘ilgan kuni munosabati bilan Messi Instagram tarixida joylashtirgan ushbu post 7,3 milliondan ortiq layk olgan.

Har ikki holatda ham futbol muxlislarining Messi va Ronaldu o‘rtasidagi munosabatlarga qiziqishi Instagram ko‘rsatkichlarida aks etgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar