Krishtianu Ronaldoning qizi Alana 9 yoshga to‘ldi: futbolchidan mehrli tabrik!

Ronaldo Instagram sahifasining hikoyalar bo‘limida bayram uchun bezatilgan xonadon aks etgan suratni joylashtirdi. Unga portugal tilida «Tug‘ilgan kuning bilan, malikajon Alana! Seni juda yaxshi ko‘raman!» deya mehrga to‘la so‘zlarni yozib qoldirdi.
Bu safargi bayram bezaklari ham e’tibordan chetda qolmadi. Oilaning Portugaliyadagi Kaskays shahrida joylashgan uyida pushti, oq va kumush rangli sharlar bilan chiroyli muhit yaratilgan. Xonaga Alana ismi yozilgan katta harflar, sharlar bilan bezatilgan 9 raqami va turli sovg‘alar joylashtirilgan. Bayram dasturxoniga esa gullar va pushti shamlar qo‘yilgan.
Ronaldoning turmush o‘rtog‘i Georgina Rodriges ham qizining tug‘ilgan kunidan lavhalarni o‘z sahifasida bo‘lishdi. U suratlar ostiga «Mening malikamsiz to‘qqiz yil» mazmunidagi izohni yozgan.
Ma’lumot uchun, Alana Martina 2017 yil 12 noyabrda tug‘ilgan. U Krishtianu Ronaldo va Georgina Rodrigesning ilk qizi hisoblanadi. Futbolchining jami besh nafar farzandi bor: Krishtianu Junior, egizaklar Eva va Mateo, Alana hamda Bella Esmeralda.
Ronaldoning qizalog‘iga yo‘llagan tabrigi muxlislar e’tiborini tortdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham izohlarda Alanani tug‘ilgan kuni bilan qutlab, unga baxtli bolalik va quvonchli kunlar tilashmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…