Foto: «Obruchevskiymedia.ru»
Bolalarda koronavirusning asosiy alomatlari isitma, ich ketishi va qayt qilish hisoblanadi. Bu haqda G‘arbiy Xitoydagi to‘rtta shifoxonada olib borilgan tadqiqot natijalariga tayanib «PLoS Medicine» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bolalarda o‘pka bilan bog‘liq muammolar keyinroq paydo bo‘ladi.
Kuzatuvlar natijasida aniqlanishicha, koronavirusga chalingan bolalarning 76 foizida isitma namoyon bo‘lgan. Kattalarda esa bu ko‘rsatkich 44 foizni tashkil etadi. Yana bolalarning 62 foizida kuchli yo‘tal, 12 foizdan ich ketishi va qayt qilish aniqlangan.
Avvalroq germaniyalik olimlarning ota-onalarga qaraganda bolalar koronavirusni kamroq yuqtirishini aniqlashgani to‘g‘risida xabar bergandik.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi.
«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 8 391 788 kishiga yetdi, 450 437 nafari vafot etdi, 4 378 962 kishi kasallikdan tuzalgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi