Istanbulda isitma siropini ortiqcha qabul qilgan qizcha vafot etdi

Istanbulda isitma siropini ortiqcha qabul qilgan qizcha vafot etdi

Turkiyaning Istanbul shahrida 3 yoshli qizcha isitma tushiruvchi siropni me’yoridan ortiq qabul qilgani oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Haberler” nashri xabar berdi.

Hozirda bolaning o‘limi yuzasidan tergov olib borilmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, fojiaga dori dozasining oshib ketgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu holat hali to‘liq tasdiqlanmagan.

Voqeadan so‘ng mutaxassislar bolalarga isitma tushiruvchi dorilarni berishda ehtiyotkor bo‘lish zarurligini ta’kidladi. Shifokor Gyunay Janturning aytishicha, dori miqdori bolaning vazniga qarab belgilanishi va shifokor tavsiyasiga muvofiq berilishi kerak.

Mutaxassis, shuningdek, sirop ta’sirini kutmasdan uni qayta berish xavfli bo‘lishi mumkinligini eslatdi. Xususan, paratsetamolni me’yoridan ortiq qabul qilish jigarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Shifokorlar ota-onalarga dori dozasini o‘zboshimchalik bilan oshirmaslik va bolaning ahvoli yomonlashsa, tibbiy yordamga murojaat qilishni tavsiya etadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar