Pandemiya o‘smirlarni kutilmagan tarzda qaritgani aniqlandi

2 daqiqa o'qish0
Pandemiya o‘smirlarni kutilmagan tarzda qaritgani aniqlandi

Koronavirus pandemiyasi nafaqat insonlarning ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatdi, balki ayrim odamlarda biologik qarish jarayonining ham tezlashishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Nemis olimlari o‘tkazgan tadqiqotda eng sezilarli o‘zgarishlar aynan o‘smirlarda kuzatilgan. Mutaxassislarning fikricha, bu holatga pandemiya davridagi cheklovlar, ijtimoiy izolyatsiya va stress ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

Ushbu tadqiqot natijalari nufuzli PNAS ilmiy jurnalida e’lon qilindi. Myunxen shahridagi Maks Plank nomidagi psixiatriya instituti mutaxassislari boshchiligidagi olimlar jamoasi jami 1028 nafar insonning ma’lumotlarini tahlil qildi.

Tadqiqot ishtirokchilari orasida 359 nafar bola, 385 nafar o‘smir hamda 284 nafar katta yoshli kishi bo‘lgan. Ularning har biridan pandemiya boshlanishidan oldin, shuningdek, 2021 yil sentyabridan 2022 yil may oyigacha bo‘lgan davrda bir necha marta so‘lak namunalari olingan.

Olimlar olingan namunalar asosida DNKdagi kimyoviy markerlarni o‘rgandi. Bu markerlar orqali insonning epigenetik yoshini aniqlash va biologik qarish jarayoni qay darajada tez kechayotganini baholash mumkin.

Tadqiqot davomida qo‘llanilgan to‘rtta o‘lchov usulidan uchtasi biologik qarish jarayoni tezlashganini ko‘rsatuvchi belgilarni qayd etdi. Eng sezilarli o‘zgarishlar o‘smirlar guruhida aniqlandi. Xususan, ularda qarish jarayoniga oid o‘zgarishlar to‘rtta usuldan uchtasida kuzatilgan.

Katta yoshli ishtirokchilarda bunday holat ikkita o‘lchov usuli orqali aniqlangan bo‘lsa, bolalarda faqat bitta usul shunday natijani ko‘rsatgan.

Shuningdek, tadqiqotchilar o‘smirlarda shaxsiy stress darajasi bilan biologik qarish o‘rtasida ancha kuchli bog‘liqlik borligini aniqladi. Ya’ni pandemiya davridagi qiyinchiliklarni qanchalik og‘ir qabul qilgan bo‘lsa, ularning biologik markerlaridagi o‘zgarishlar ham shunchalik yaqqol namoyon bo‘lgan.

Bunda lokdaun davrida yaqin insonlardan uzoqda bo‘lish, ijtimoiy aloqalarning cheklanishi va shaxsiy erkinlikning qisqarishi kabi omillar alohida ahamiyat kasb etgan.

Bundan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy mavqei nisbatan past bo‘lgan oilalarda tarbiyalanayotgan o‘smirlarda ham biologik qarishga oid o‘zgarishlar kuchliroq kuzatilgan. Bu esa pandemiya oqibatlari barcha ijtimoiy guruhlarga bir xil ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Shu bilan birga, tadqiqot mualliflari kuzatilgan o‘zgarishlarga aynan koronavirus pandemiyasi 100 foiz sabab bo‘lganini hozircha qat’iy tasdiqlab bo‘lmasligini ta’kidlamoqda. Chunki biologik qarishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa omillar ham mavjud.

Bundan tashqari, pandemiya davrida aniqlangan ushbu o‘zgarishlar uzoq yillar davomida saqlanib qoladimi yoki kelajakda inson salomatligi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradimi, degan savollarga hozircha aniq javob yo‘q.

Mutaxassislar bu masalani chuqurroq o‘rganish, biologik o‘zgarishlarning keyingi yillardagi holatini kuzatish va ularning inson salomatligiga ta’sirini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?