Foto: Javed Dar/XinHua/Global Look Press
Hindistonning Karnataka shtati Bangalor shahar shifokorlari koronavirus infeksiyasining yangi alomati topilganligini e’lon qilishdi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Hindistonlik mutaxassislar avval sanab o‘tilgan alomatlar ro‘yxatiga kuchli og‘iz qurishini ham kiritish mumkin degan fikrni bildirishdi. Ular achishish, qichishish, shuningdek, til sohasidagi og‘riqlarga e’tibor berishga chaqirishdi. Ularning ta’kidlashicha, kamdan-kam hollarda bemorlarning og‘zida yaralar paydo bo‘lishi mumkin.
Outlook nashri jurnalistlari bilan muloqot chog‘ida doktor Sattur garchi isitmasi bo‘lmasa-da, kuchli og‘iz qurishi, shuningdek, kon’yunktivit va charchoqdan shikoyat qilgan 55 yoshli bemor haqida so‘zlab berdi. Keyinchalik erkakda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.
Shifokor ta’kidlaganidek, agar qattiq charchoq og‘iz bo‘shlig‘i bilan bog‘liq har qanday alomatlar bilan birgalikda namoyon bo‘lsa, odamni COVID-19 tekshiruvidan o‘tkazish kerak. Shu bilan birga, Sattur bemor koronavirus shtammlaridan birining tashuvchisi bo‘lishi mumkinligini va turli infeksiyalar har xil alomatlarni keltirib chiqarishini ta’kidladi.
Hozirgi paytgacha COVID-19ning klassik alomatlari orasida yo‘tal, hid va ta’m bilmaslik hamda isitma qayd etilgan. Shu bilan birga, kasallikka chalingan ba’zi bemorlar charchoq, bosh og‘rig‘i va ich ketishidan shikoyat qiladilar. The Sun nashri «Covid tili» deb nomlangan shunga o‘xshash alomat Buyuk Britaniyada ham aniqlanganligiga ishora qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi