
Yaponiyaning janubi-g‘arbiy mintaqasida 6,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. 9 kishi jabrlandi. Bu haqida «Today» nashri xabar bermoqda.
Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan yarim tunda janubiy Kyusyu mintaqasi yaqinidagi Xyuga-nada dengizidagi 45 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
Oita, Miyazaki, Kochi va Kumamoto shtatlarida kuchli sezilgan zilzila oqibatida Oitada 5 kishi, Miyazakida 4 kishi tan jarohati olgan.
Silkinish haqida ogohlantirish berilmagan. Zilzina magnitudasi avvaliga 6,4 deb e’lon qilingan, keyin esa 6,6 ga yangilangan. Ayrim shaharlarda elektr va suv uzilishlari kuzatilgan.
Ma’lum qilinishicha, mintaqa bo‘ylab «Kyushu Electric Power» (Kyuden) kompaniyasi tomonidan boshqariladigan atom elektr stansiyalarida hech qanday shikastlanish aniqlanmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar