Alisher Qodirov budjet xarajatlari samaradorligini tanqid qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya a’zolari Alisher Qodirov boshchiligida Hukumatning o‘tgan yil uchun Davlat budjeti va maqsadli jamg‘armalar budjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqdi.
Hisobot yakunda ma’qullangan bo‘lsa-da, muhokamalar davomida deputatlar budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirdilar.
Ta’kidlanishicha, ajratilayotgan mablag‘lar hajmi har doim ham erishilgan natijalarga mos kelmayapti.
Deputatlar davlat xarajatlarining ko‘lami belgilangan maqsadlar bilan oqlanishi kerakligini qayd etdilar.
Shu munosabat bilan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Fraksiya a’zolari davlat mablag‘larining har bir so‘mi aniq natija va ijtimoiy samara berishi lozimligini bildirdi.





























Izohlar 0
…