“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi bir haftalik qidiruvdan so‘ng topildi

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi bir haftalik qidiruvdan so‘ng topildi

Namangan viloyati Pop tumanidagi “Chodaksoy” soyida cho‘kib ketgan 24 yoshli yigitning jasadi bir haftadan ortiq davom etgan qidiruvlardan so‘ng topildi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan yigit 28 may kuni “Shayxon” MFY hududidagi dam olish maskani yaqinidan oqib o‘tuvchi soyda cho‘milish taqiqlangan joyga tushgan va suv oqimida cho‘kib ketgan.

Shundan so‘ng qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan. Qutqaruvchilar suv ustida va suv ostida uzluksiz izlash ishlarini olib borgan.

4 iyun kuni yigitning jasadi soydan topilib, tegishli tashkilotlarga topshirilgan. Holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

FVB fuqarolarni cho‘milish taqiqlangan va xavfli hududlarda suvga tushmaslikka chaqirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi bir haftalik qidiruvdan so‘ng topildi – Zamin.uz, 05.06.2026