Men bo‘shashgancha shiftdan pastga tushdim. Onam meni mahkam quchib boshimni silay boshladi.
— Kechir meni, qizim! Hamma ayb o‘zimda. Seni tavba qilishga o‘rgatmagandim.
— O‘zing ham tavba qilmasding! — gapga aralashdi bobom.
— To‘g‘ri aytasiz, — dedi onam. — Agar siz bo‘lmaganingizda, do‘zaxda kuyardim. Men, axir, o‘limim oldidan ham tavba qilishni istamaganman. Shu sababli menga boshqalar singari janoza o‘qishmagan. Qizim, bilib qo‘y, bobong Yevgeniy juda buyuk inson. U butun umr ibodat bilan yashagan. Afsuski, uni bolsheviklar nayza bilan o‘ldirib cherkov darvozasi tepasiga osib qo‘yishgan. O‘sha yerda u bir kecha bir kunduz osilib turgan. Bolsheviklar hech kimni jasad yaqiniga yo‘latmagan.
Oh, onamning nasihatlarini anchadan beri eshitmagan, juda sog‘ingan ekanman. Uning jiddiy ohangda uqtirayotgan gaplari qulog‘imga yoqib tushayotgandi.
— Nega shu gaplarni ilgariroq aytib bermagansiz? — so‘radi undan.
— Qo‘rqqanman. Keyin… O‘zing tushunasan, biz oilamiz bilan Xudoga ishonmay, cherkovga qatnamay yashaganmiz… Endi o‘ylasam, katta xatolarga yo‘l qo‘ygan ekanman. Ha, qizim, men nafaqat sen va bobong, balki, Alyoshaning qarshisida ham gunohkorman.
— Oyi, Alyosha qayerda hozir? — onamning so‘zini bo‘ldim men.
— Voy, bobong bilan birga-da! Qayerda bo‘lardi?
— Siz uni ko‘rdingizmi?
— Ha, birrov ko‘rib chiqqanman. Endi qiyomatgacha ko‘ra olmasam kerak…
— Ayting, u qiynalmayaptimi?
— Maza qilib yashayapti. Shunday yaxshiki, so‘z bilan tasvirlab bera olmayman. Ishonasanmi, Alyosha quloqsiz, bezori bo‘lib o‘sayotgan mahalda qo‘shnimiz Darya Ivanovna uni sekin cherkovga olib borgan. Ana o‘sha yerda u ko‘p narsalarni o‘rgangan. Yaxshi tomonga o‘zgargan. Biz esa bilmasdik. Negaki, birimiz ishda, birimiz o‘qishda… Mana endi bizning Alyosha jannatda!
— O‘zingiz-chi, oyi?
— Xudoga shukr, Bobongning duolari bilan tinchgina bir joyda yashab turibman. U yerda shaytoni lain yo‘q.
Eh, maysalar ustida sayr qilgim, qushlar chug‘ur-chug‘urini tinglagim keladi-yu, men yashayotgan makonda toshdan bo‘lak hech vaqo yo‘q… Mayli, o‘sha kunlarga ham yetib qolarman… Dada, iltimos, Anyamizga eng asosiy duolarni o‘rgating!
— Kech, Masha! Sen-ku, bolalikdan o‘sha duolarni bilarding. Duo bilan uyg‘onarding, uyquga ketarding. Afsus, kech… Mayli, nevaraginamni Xudoyimning o‘zi yarlaqasin!..
Bobom tepamga kelib peshonamga qo‘lini qo‘ydi va nimalardir deya shivirladi.
— Ko‘rdingizmi, bobo, — erkalangan bo‘ldim. — Men judayam odobli qizga aylandim. Endi meni bemalol cherkovga bersangiz ham bo‘ladi.
— Halitdan quvonaverma. — tanbeh berdi bobom. — Hali xursandchilik qilishingga erta.
— Bilmadim, bobojon. Men o‘rgangan tanamsiz shunchalar yengilmanki, buning ustiga sizni, onamni uchratdim. Axir, quvonmay bo‘ladimi?
— Sen shaytondan bo‘lak yana birontani uchratdingmi? — so‘radi bobom.
— Ha, qanaqadir o‘zga sayyoraliklarni ko‘rdim. Ular meni o‘zlari bilan olib ketmoqchi bo‘lishdi.
— Xudoyim, o‘zing asra! — oh tortib yubordi onam.
— Xo‘sh, xo‘sh, aytaver-chi! — menga qattiqroq boqdi bobom.
— Bor gap shu. — dedim yelka qisib. — Picha qo‘rqitishdi ham.
— Ular o‘zga sayyoralik emas. — bobom ko‘kka o‘ychan boqdi. — Jinlar. Zamonaviy odamlarni ustalik bilan ahmoq qilishga usta yaramaslar. Lekin baribir seni Shayton huzuriga olib borgan bo‘lishardi.
— Bobo! Nega unda yonimga shaytonning o‘zi tashrif buyurdi?
— Tortgan azoblarim uchun Yaratganning o‘zi butun avlod-ajdodlarimni himoyamga olishimga izn bergan. Shaytonga esa alam qilgan. Shuncha odam osongina qaramog‘imga olinishiga chiday olmagan.
— Men sizning so‘nggi avlodingizman. To‘g‘rimi? Axir, men farzandli bo‘lmadim.
— Yo‘q, unday dema. Hali mening avlodlarim tamom bo‘lmaydi. Xavotirga o‘rin yo‘q.
— Ularning hammasini o‘zingiz asraysizmi?
— Agar o‘zlari ham harakat qilishsa, albatta shunday yo‘l tutaman. Chunki, insonning o‘zida harakat bo‘lmasa, Xudo uni asramaydi. Eh, hech bo‘lmasa, ozgina dinimizni hurmat qilib, Xudo yo‘lida yashaganlaringda edi, to‘ppa-to‘g‘ri jannatga kuzatib qo‘ygan bo‘lardim. Endi esa qancha ibodatlar zarur bo‘ladi.
— Butun cherkov ahli men va onamni duo qilsa-chi? Shuni siz yo‘lga qo‘ya olarmidingiz?
— Buning o‘zi bo‘lmaydi. O‘zing o‘yla, senga yaqin kishilarning qay biri sizlarni duo qilardi. Hammasiyam o‘zlaringga o‘xshagan xudosizlar bo‘lishgan… Yo‘q, cherkovdagilar haqida o‘ylamaganing ma’qul… Bu o‘ta mushkul ish.
— Qizim, — bobomning so‘zini bo‘ldi onam. — Sening xudojo‘y bir ayolga aylanishingga juda ishongan edim.
— Men qayerdan bilibman? — qovog‘imni uydim men.
— Bilish va din boshqa-boshqa narsalar.
— Endi meni nima kutyapti?
— Hammasi Xudoning qo‘lida. Lekin bilib qo‘y, biz ham bobong bilan birga qarab turmaymiz. Qolaversa, sening himoyachi farishtang ham garchi gunohkor bo‘lsang-da, sening yoningda turadi.
— Mening kelganimga ancha bo‘ldi. — orqadan yoqimli bir tovush eshitilib, men boshimni o‘sha tomon burdim. Bizdan sal narida yal-yal yonayotgan mavjudot — oppoq libosga o‘rangan bir yigit turardi.
— Ana sening himoyachi farishtang ham keldi! — dedi xursand bo‘lib bobom.
Yigit oq libosining yelka qismini ochib yubordi va ko‘z o‘ngimda ikki olovli qanot namoyon bo‘ldi. Farishtaning yelkasidan oyog‘iga qadar ko‘zni qamashtiruvchi nurlar tovlanardi.
Ko‘z qarashlari jiddiy, o‘zi juda kelishgan, shaytonning meni hayratga solgan chehrasi farishtam qarshisida ojiz qolishi tabiiy edi. U ayniqsa, bobomga o‘zgacha mehr ko‘zlari bilan boqardi. Men buni darrov payqadim.
— Shu yigit sening himoyachi farishtang bo‘ladi! — tanishtirdi bobom. — U seni bir umr kuzatib yashagan.
— Ha, shunday, — jiddiy ohangda so‘z qotdi farishtam.
— Siz rostdan mening himoyachi farishtammisiz? — so‘radim titroq aralash. — Unda nega hayotligimda qancha falokatlarga yo‘liqqanimda, azob iskanjasida qolganimda hozir bo‘lmadingiz? Kechirasiz-u, men o‘sha lahzalarda kimdir meni o‘sha balolardan oz bo‘lsin, nari olib ketganini eslay olmayman.
— Men sen bilan ko‘p marotaba gaplashib olishga uringanman. — dedi farishtam. — Biroq sen meni eshitmasding o‘shanda. Shunday paytlar bo‘lganki, boshqa odamlar, farishtalar orqali o‘zimni anglatishga harakat qilganman. Foydasi bo‘lmagan.
— Nega?.. Agar mening foydamga ish qilmoqchi ekansiz, o‘zingiz namoyon bo‘lsangiz bas edi.
— Yo‘q, Xudoning xohish- irodasi chegaralangan. Bu chegarani buzib o‘tish farishtalarning ham qo‘lidan kelmaydi.
— Qolaversa, sening gunohlaring ham farishtani nari turishga majbur etgan. — o‘rtaga tushdi bobom. — Mayli, yaqinda o‘zing hammasini tushunib yetasan. Ko‘plab savollarga javob topasan. Hozir esa, shoshilmasak bo‘lmaydi.
— Qayerga boramiz? — hayrat aralash so‘radim men.
— Xudoga sajda qilish uchun! — javob qildi farishtam yoqimli ovozda.
Men shu zahoti tilimni tishladim.
Bu yaxshimi, yomonmi, bilmasdim. Ammo shu ishning juda muhimligini tushunib turardim.
— Biz seni yer atmosferasi uzra olib o‘tamiz. — tushuntira ketdi bobom. — Yo‘limizda jinlar ko‘p. Hammasidan o‘ta olishimiz lozim. Qani, endi onang bilan xayrlash! Biz farishta ikkimiz seni kutib turamiz.
Bobom farishtani yoniga olib nari ketdi. Men onamni mahkam quchib oldim.
— Oyi, nega siz biz bilan birga ketmaysiz? — so‘radim yig‘lagudek bo‘lib. — Sizdan ayrilgim kelmayapti.
— Mening ham ayrilgim kelmaydi, qizalog‘im!..
— Qaytib ko‘rishmaymizmi?
— Agar men yashayotgan joyga borsang, albatta ko‘rishamiz.
— Qaniydi, oyijon!..
— Ahmoqqinam! Alyoshani mening nomimdan ham o‘pib qo‘ygin.
Oyim meni so‘nggi bor quchib boshini eggancha nari ketdi.
Sal o‘tmay ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
* * *

***
— Yo‘limiz juda olis va mushkul. — dedi farishtam. — Halokatga yo‘liqmaslik uchun faqat bizga qattiq ishonishing lozim.
Men va’da berdim. Bobom va farishtam ikki qo‘ltig‘imdan olib asta-sekin havoga ko‘tarila boshlashdi. Biz kasalxona ichini aylanib bir necha daqiqa parvoz qildik. Bemorlarning hech biri bizni payqashmadi. Ko‘z ochib yumguncha bulutlar orasiga sho‘ng‘idik. Negaki, shu kuni havo aynib yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda edi.
Men nima haqidadir so‘ramoqchi bo‘lganimda, bobom meni qayirib tashladi:
— Jim! Bu yerda jinlar ko‘p! Ularning diqqatini tortish yaxshilikka olib kelmaydi.
Men jim bo‘ldim.
Qarshimizni to‘satdan quyuq tuman qoplab, atrof qorong‘ilashdi.
* * *
— Bu o‘shalar! Tayyorlan! — shivirladi farishtam.
Haqiqatan, quyuq tuman orasida kichik-kichik yarim yaltiroq mavjudotlar ko‘rindi. Ular negadir men ro‘baro‘ kelgan «o‘zga sayyoralik»larga o‘xshab ketardi. Qolganlari bahaybat ko‘rshapalaklarni eslatardi. Ular bizni aylana-aylana uchishar, tevarakni do‘mbira ovoziga o‘xshash shovqin tutib ketgandi. Shu shovqinda ham kimlarningdir «Bizniki! Bu bizning ruh! Qani, uni bizga beringlar!», kabi chaqiriqlarni eshitish qiyin emasdi.
— To‘xtashga to‘g‘ri keladi, — dedi farishtam. — Bobo, ular bilan o‘zingiz gaplashing! Anna, sen esa eshit! Zinhor suhbatga aralasha ko‘rma!
Biz havoda muallaq holda to‘xtadik. Farishtam meni qanotlari orasiga yashirdi.
— Xo‘sh, iblis malaylari, bu ruhdan nima istaysizlar? — so‘radi bobom dag‘dag‘a bilan.
To‘da orasidan qo‘lida jild ko‘targan, pakana, qaysidir jihatlari boshliqlarni yodga soluvchi jin ajralib chiqdi.
— Manavi yerda, — dedi u jild ichidan bir dasta qog‘oz chiqarib. — Ruhning gunohlari qayd etilgan. Yolg‘on va’dalar, so‘kinishlar, haqoratlar… — Va shu zahoti qog‘ozlarni jildga solib beo‘xshov boshi yordamida mahkamladi.
— Vey, agar uni ayblash uchun kelgan bo‘lsang, gunohlarini bittama-bitta sana! — dedi bobom.
— Yo‘q, hammasini birdan! — chuvillay ketishdi qolgan jinlar. — Vaqt yo‘qotib nima qilamiz? Hammasi aniq-ku! Uni bizga topshiring!
— Yo‘q, ayblov bitta-bittadan qo‘yiladi! — turib oldi bobom. — Xohlasang shu, bo‘lmasa…
— Mayli, o‘ziga yomon bo‘ladi! — rozilik bildirdi jild qo‘ltiqlagan jin.
Shunda jinlar orasidan qip-yalang‘och jin sirg‘alib chiqdi-yu, baqira boshladi:
— U so‘kinishda, birovlarni haqoratlashda ustasi farang! Uni menga berasizlar!
— Qo‘ysang-chi, ahmoq! — uni urishib tashladi jild qo‘ltiqlagan jin. — Maydakashlik qilma! Unga qo‘yiladigan ayblar shundoq ham tiqilib yotibdi.
— Vey, — gapga aralashdi bobom. — Qancha haqoratlar qilgan bo‘lsa, so‘kingan bo‘lsa, ishqilib shunga o‘xshash gunohlari uchun hayotlik davrida javob berib ulgurgan. Bo‘ladiganidan gapir!
— Bilaman! — dedi jinlar kattasi. — Bunaqa oldi-qochdi gaplarni ko‘p eshitganman. Hammasi quruq gap. Qarang, telefon orqali dugonalari bilan gaplashishi, shu orada so‘kinganlari, birovlar diliga ozor berganining o‘zi to‘rt yil, o‘n bir oy, besh kun, olti soat-u, o‘ttiz olti daqiqaga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, bular uchun javob berishi kerakmi?
— Uyat emasmi? — dedi farishtam. — O‘zlaring Xudoning marhamatidan mahrumsan. Yana telefon simlariga o‘ralashishni kim qo‘yibdi sizlarga?
* * *
Lekin jinlar unga quloq solmay, men tarafga qarg‘ishlar, jazavaga to‘la kulgilarni yo‘llay boshlashdi. Bobom nimlaardir der, biroq ovozi shovqin-suron ostida qolib ketardi.
Men yuzlarimni berkitib olgancha farishtamning qanotlari ostiga biqinib oldim.
Bir mahal bobom bo‘ynidagi tumorni yechdi-da, baland ko‘tarib qichqirdi:
— Yaratganning inoyati ila mana shu nevaraginamning yengil gunohlari havoga ko‘tarilib kulga aylansin!
Jinning qo‘lidagi jild birdan havoga ko‘tarilib, dimog‘imga kuygan qog‘ozlar hidi kirgandek bo‘ldi.
Dast boshimni ko‘tarib atrofga boqdim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, jinlar olov ichida qochib borishar, yo‘l-yo‘lakay bir-birlarini urib-yiqitib qochishardi.
— Yo‘qol-a, ifloslar! — dedi farishtam sal yengil tortib.
Biz sassiq tutun orasidan o‘tib birpasda yorug‘likka chiqib oldik.
— Xayriyat, bulardan o‘tib oldik! — dedim men. — Buyog‘iga tinch bo‘lamizmi?
— Yo‘q, bu boshlanishi. — javob qildi bobom. — Ehtiyot bo‘l! Qo‘rqmasdan, bahslashmasdan va duoni unutmasdan boraver!
Biz osuda osmon bo‘ylab tinchgina parvoz qilardik. Qancha balandlikda ekanimizni bilmasdim-u, lekin yon verimizdan qushlar ham, samolyotlar ham uchib o‘tishmasdi.
Men o‘zimni xuddi bir joyda muallaq turgandek his etardim. Shamol ham qarshi esmas, faqat gohi-gohida pag‘a-pag‘a bulutlar yonimizdan o‘tib qolar, farishtamning olovli qanotlari g‘uvillagan tovush chiqarardi.
Shundagina payqadimki, biz juda katta tezlikda uchib borayotgan ekanmiz.
Tez orada yana jinlarning ikkinchi guruhiga duch keldik. Bu gal jinlar shovqin solishmadi, bizga haqoratlar yog‘dirishmadi. Oralaridan biri ajralib chiqib meni ayblashga tushdi.
— U jinoyatchi! — deya so‘z boshladi u. — Qamoq ostonasida turganda ham onasiga yolg‘on gapirgan. Dugonalariga «erimga sodiqman!» deya bong urgan. Vaholanki, uning o‘ynashi bo‘lgan xolos. O‘ynashni boshqalarga er sifatida tanishtirgan. U xiyonatkor, riyokor!..
* * *
Jinning menga qo‘yayotgan bu taxlit ayblari bisyor edi. U birma-bir gunohlarimni sanar, javobini negadir talab qilmasdi.
— U she’r yozgan! — davom etdi u. — She’rdagi fikrlar ham g‘irt yolg‘ondan iborat bo‘lishini bilasanlarmi? Qani, barcha gunohlari uchun javob bersin! Ha, g‘iybatchiligi uchun ham alohida javob beradi!
Farishtam parvozda davom etarkan, qichqirdi:
— Ovozingni o‘chir, do‘zax qoldiqlari! U odamlar haqida faqat yaxshi so‘zlarni aytib yashagan! Xo‘sh, mening g‘azabga to‘lishimni istayapsanmi?
— Yo‘q, yo‘q! Uni olib keting! Bilib qo‘ying, baribir bu ruh jazodan qochib qutula olmaydi!
Biz yo‘limizda davom etdik. Oradan ma’lum vaqt o‘tib farishtam meni ogohlantirdi:
— Buyoqdagilari mushuksifat jinlar. Juda yaramas ular!
— Ular nimani so‘rashadi?
— O‘shanda bilasan. Hozir jim bo‘l!
Ha, bizni uzun bo‘yinli, mushuksifat, qizig‘i, yashil rangli jinlar qurshab olishdi. Barchalarining qo‘llarida pichoq, sanchqilar. Birlari ozg‘in, birlari aksincha haddan ziyod semiz… Og‘izlaridan oqqan so‘laklar ko‘rganning ko‘nglini aynitishi tayin edi.
— Bu mahbuslik paytida ovqatini boshqalarga bermasdan, qiynalganlarni qo‘llab-quvvatlamasdan umr kechirgan! — dedi jinlardan biri. — Umrida ro‘za tutmagan! Biz har bir tutmagan ro‘za uchun mana shu pichoqlar bilan ichini kovlab tashlashga majburmiz!..
— Bekorlarni aytibsan! — baqirib berdi bobom. — Buyam tiriklik paytida ko‘plarga yaxshilik qilgan. Ayniqsa, bolaligida juda mehribon edi. Ulg‘aygach, keksalarning og‘irini yengil qilgan. Ro‘za tutmasligining sababi esa sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelmagan!..
— Hisobmas! Hisobmas! — baravariga qichqirib men tomon bostirib kela boshlashdi jinlar. Lekin bobom yana bo‘ynidagi tumorni qo‘liga olib jinlarni haydab soldi.
Biz yo‘limizda davom etdik.
* * *
Kelgusida uchragan jinlar dangasalikdan so‘roqqa tutishdi. Ha, dangasalik menga taalluqli emas deb hisoblarkanman. Afsuski, kerak bo‘lganda sevimli ishimni ham yig‘ishtirib qo‘yish odatim borligini, divanga cho‘zilib yotib olishim muqarrarligini eslatishganda lol qoldim.
Bu ham mayli. Keyingi manzildagi jinlar o‘g‘irlik uchun jazolasharkan. Ular men tarafga sabzi, kartoshka, piyoz irg‘itib a’zoyi badanimni momotaloq qilib tashlashdi. Yo‘q, bular oddiy sabzavotlar emasdi. Barchalarini qachonlardir ombordan o‘g‘irlab uyimga tashiganman. O‘shanda odamlarning ahvoli birmuncha og‘ir edi. Qimmatchilik yuzaga kela boshlagandi. Men bo‘lsam, shundan foydalanib birovlarning rizqini qiyganman.
Bulardan o‘tib olganimdan so‘ng jinlar qog‘oz, yozuv mashinasi tasmalariga meni ko‘mib yuborishdi. Nafasim bo‘g‘ilib, sal qursa, yer bilan yakson bo‘layozdim. Ammo nima qilay?.. O‘g‘irlikni men qilganman. O‘shanda do‘konlarda oq qog‘oz, yozuv mashinasi tasmalari tanqis edi. O‘zim ishlayotgan korxona omboridan o‘g‘irlab sotganman…
Uyatdan bo‘lganimcha bo‘ldim. Nimadir deb o‘zimni oqlamoqchi bo‘ldim-u, bu gal ham bobom va farishtam gapirishga qo‘yishmadi. Ular meni navbatdagi zarbalardan asrab jinlar orasidan ozodlikka olib chiqishdi.
* * *
Biz shundan so‘ng bir nechta jinlar to‘dasi yonida to‘xtamasdan parvoz qildik. Jinlar bu ishimizdan g‘azablanib nimalardir deya qichqirishar, menga noma’lum tilda so‘kinayotganliklarini anglagandek bo‘lardim.
Qancha uchdik, bilmayman. Qarshimizda qora bulutlar emas, qop-qora devor paydo bo‘ldi. Havo ham birdan sovib, nafas olishim og‘irlashdi.
— Buyoqda kimlar bor? — so‘radim qo‘rquv aralash.
— G‘ururing uchun javob berasan. — dedi farishtam. — Bunisi ancha mushkul kechadi. Bardam bo‘l!..
Olisda qora bulutlar ko‘zga tashlandi. Ular yaqinlashib kelgani hamono qarshimizda ko‘zlari bo‘riniki kabi o‘tkir, yoniq, jahl otiga mingan jinlar hozir bo‘la boshlashdi.
Qora bulutlar hammayoqni egallab, zulmat kashf etdi.
Jinlarning shovqini shu qadar qo‘rqinchli ediki, go‘yo baland tog‘lardan pastga qarab xarsang toshlar yog‘ilayotgandek edi.
Biz kutilmaganda tor, ko‘k-qora rangli devorlaridan qon sizilib oqayotgan yo‘lakka kirib qoldik. Va biz tomon o‘sha yerda ko‘rganim Shayton chiqib keldi. U hanuz kelishgan, chiroyli, biroq ko‘z qarashlari sovuq edi.
— Mana, Anna, va’da berganimdek, biz yana uchrashdik! — dedi u sovuqqonlik bilan. — Sen yaramas qiz meni kamsitding. Sen bechoraga yordam qo‘lini cho‘zgandim. Meni rad etding. Endi seni qizim kabi emas, bir umr qullikka mahkum etilgan cho‘ri sifatida olib ketaman.
— Sen uni nima uchun sud qilmoqchisan? — so‘radi bobom shaytondan.
— Bilmaysanmi, ruhoniy?.. G‘ururi balandligi uchun sud qilaman.
— O‘zing yettinchi osmondan haydalib, endi undan o‘ch olmoqchimisan?
— Men odamlarning g‘ururini hazm qila olmayman. Shu sababli ham ularni sud qilishga haqliman deya hisoblayman.
— Agar shunday bo‘lsa, unda sudda guvohlar ham ishtirok etishi shart. — dedi bobom.
— E, quruq gaplarni gapirib nima qilasan, qariya?.. Guvoh tayyor!.. Annaga qarshi uning o‘zi guvohlik beradi.
* * *
Shayton qizil qo‘lqopli qo‘lini silkitgandi, zulmat qo‘ynidan jinlar chiqib kelishdi. Ulardan biri boshida kalta yubka, ko‘ylagi yoqalaridan siynalarini namoyish etgan bir suluvni ko‘tarib keldi.
Men shundagina angladim. Axir, bu mening o‘zim-ku!.. Faqat bu qo‘g‘irchoq ko‘rinishida. Yuzlari, qomati, ko‘zlari, xullas, mening qiyofam!..
Shu qo‘g‘irchoq shaklidagi suluv beixtiyor mening ovozimda so‘z boshladi:
— Tushunmadim! Nega endi ota-onaning fikri, xohishi bilan ish tutishim kerak ekan? Allaqachon o‘n olti yoshga yetgan bo‘lsam!.. Yaxshi-yomonnni o‘zim ham farqlay olaman! Ularning barchasi eski odamlar. Miyalarida faqat ish, oila tushunchasi muhrlanib qolgan. Ular bilan nimaniyam gaplashish mumkin, axir?..
Men o‘zimni tutib tura olmadim. Kulib yubordim.
— Ko‘rdingmi, Shayton, — dedi bobom. — Bugun Anyaning o‘zi yoshligi ustidan kulyapti. Demak, ayblovlaring unchalik ham asosli emasga o‘xshaydi. Sen maydalashyapsan xolos.
— U paytlarda o‘z ustidan kulishni bilmasdi. — javob qaytardi shayton. — Lekin davom etamiz. Bilasan, odam yetti yoshidan boshlab o‘z gunohlari uchun javob beradi.
Va shayton yana bir bor qo‘l siltadi. Men yanada yoshi ulug‘roq, didsiz kiyingan bir ayolga aylandim.
Endi qo‘g‘irchoq shaklidagi qiyofadoshim olis-olislarga o‘ychan boqar, nigohlaridan faqat o‘zini sevishi, o‘zini haq deya bilishi yaqqol sezilib turardi.
Qiyofadoshim Anna tilga kirdi. Uning har bir gapi menga juda tanish edi. Va har bir jumlasini tan olishga tayyor turardim.
Nihoyat u jim bo‘ldi.
— Xo‘sh, bu gaplarga sening fikring qanday? — sekin so‘radi mendan farishtam. — Sen hech narsani tushunmaysan. Jinning boshidagi qiyofang g‘ururing qandayligini yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi.
Men farishtamga nazar tashladim. Yuzlari tund, boshlari egik edi…
Qiziq, bu yerda odamni ayblash uchun nimani eshitishdi? Nega har bir gapni jiddiy qabul qilib qayg‘uga botishdi?..
Shunda biz turgan yo‘lak devorlari tobora bizni qisib kelayotgandek tuyuldi. Beixtiyor a’zoyi badanim muzlab borayotganini his etdim. So‘ngra kimningdir og‘ir panjasi bo‘ynimga chirmashib, farishtam qanotlari ostidan nari tortib ketdi. Men baqirib ularni yordamga chaqirmoqchi bo‘ldim. Afsuski, ovozim o‘zimga bo‘ysunmadi.
(davomi bor)
Yelena VOZNESENSKAYa
Rus tilidan Olimjon HAYIT tarjimasi
Yelena VOZNESENSKAYa
Rus tilidan Olimjon HAYIT tarjimasi
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?