date

Luis Diasdan Ligada noyob holat


Luis Dias Chempionlar Ligasi doirasida "PSJ"ga qarshi safar uchrashuvida ajoyib o'yin ko'rsatdi. "Bavariya" vingeri birinchi bo'limda dubl qayd etdi.

Biroq, keyinchalik Dias Ashraf Hakimiga jiddiy jarohat etkazib, VAR aralashuvi orqali qizil kartochka oldi. "Opta" ma'lumotlariga ko'ra, Chempionlar Ligasida bitta o'yinda dubl qayd etib, qizil kartochka olgan futbolchilar orasida Dias ikkinchi o'rinda turadi.

Bungacha faqat "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann bunday holatni qayd etgan edi. 2021-yil oktabr oyida fransuz futbolchisi "Liverpul" darvozasiga ikki marta to'p kiritib, keyinchalik maydondan chetlatilgandi.

O'sha uchrashuvda "Atletiko" o'z maydonida 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi. "PSJ" va "Bavariya" o'rtasidagi bahsni LiveResult portali orqali matnli translyatsiyada kuzatishingiz mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Diasdan Ligada noyob holat