
Barselona hujumchisi Robert Levandovski jamoasidagi ahvoli va har doim asosiy tarkibda maydonga tushmasligi haqida fikr bildirdi. "Eng muhimi, o'zimni yaxshi his qilishim.
Mening mavsumim hozir boshlanmoqda. Jismoniy muammolar bor edi, lekin men faqat jamoani o'ylayman.
Agar yaxshi formada bo'lsam, yordam bera olishimni bilaman. Oldinda ko'plab o'yinlar bor, shuning uchun kuchni mavsum oxirigacha tejash muhim.
So'nggi ikki haftada mashg'ulotlarda o'zimni juda yaxshi his qildim. Agar jamoa sifatida o'ynasak, xavfli bo'lamiz va g'alaba qozonishimiz mumkin.
Men futbol bilan uzoq yildan buyon shug'ullanyapman, ko'p narsalarni ko'rdim va xotirjamman. Hali ko'p narsalarni bera olaman", - dedi Levandovski jurnalistlarga.
Joriy La Liga mavsumida polyak futbolchi sakkizta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar