
“Liverpul” jamoasi soʻnggi salbiy natijalar tufayli tanqidga uchradi. Shunga qaramay, Arne Slot boshchiligidagi jamoa oxirgi ikki uchrashuvda vaziyatni oʻnglab, “Aston Villa”ni 2:0 va “Real”ni 1:0 hisobida magʻlub etdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida Madrid klubi ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng, “Liverpul” sardori Virjil van Deyk tanqid haqida oʻz fikrlarini bildirdi. “Liverpul” safida oʻynaganingda, toʻrt yoki besh oʻyinda magʻlub boʻlsang, tanqid boʻlishi tabiiy hol.
Ammo baʼzi paytlarda tanqid chegaradan chiqib ketadi. Hozirda koʻplab platformalar mavjud, har bir odam oʻz fikrini bildira oladi va bu keng ommalashadi.
Lekin avvalgi davrda yuqori darajada oʻynagan futbolchilar ham qiyin davrlarni boshdan kechirgan. Men jamoa, klub va bizni qoʻllab-quvvatlayotgan barcha insonlar uchun natijalarni yaxshilashga intilaman – xursandchilikda ham, qiyinchilikda ham,” – deydi van Deyk Amazon Prime kanaliga bergan intervyusida.
“Liverpul” navbatdagi oʻyinini 9-noyabr kuni safarda “Manchester Siti”ga qarshi oʻtkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar