date

Rossiya futboli xalqaro maydonga qaytishi mumkin

Rossiya futboli xalqaro maydonga qaytishi mumkin
Rossiya futbolining xalqaro musobaqalarga qaytishi toʻgʻrisida yangi maʼlumotlar paydo boʻldi. Sport Baza xabariga koʻra, FIFA va UEFA 2026-yil fevral oyida Rossiya ayollar terma jamoasini Jahon chempionati saralash bosqichiga qoʻyishi mumkin.

Bu Rossiya futbolidan taqiqni bekor qilishning birinchi bosqichi boʻlishi kutilmoqda. Agar bu qaror Yevropa davlatlari tomonidan kuchli salbiy munosabatga sabab boʻlmasa, keyingi bosqichda oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalari xalqaro musobaqalarga qaytarilishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya klublari va terma jamoalari 2022-yilning fevral oyidan beri xalqaro musobaqalarda qatnashishdan chetlatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya futboli xalqaro maydonga qaytishi mumkin