
“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani “PSJ” himoyachisi Ashraf Xakimining ogʻir jarohat olgani haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Marokashlik futbolchi Chempionlar ligasi doirasida oʻtkazilgan seshanba kungi oʻyinda Luis Dias bilan toʻqnashuvdan soʻng jarohat sabab maydonni tark etishga majbur boʻldi.
Kolumbiyalik futbolchi esa ushbu vaziyatda toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka oldi va oʻyinni davom ettira olmadi. “Kutilmagan jarohatlar har doim jamoa uchun ogʻir kechadi.
Umid qilamizki, Xakimi jiddiy jarohatdan qochib qutuladi va tez orada safga qaytadi. Shunga oʻxshash holatni Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida boshdan kechirganmiz, oʻshanda Jamal Musiala jarohat olgandi.
Bu kabi vaziyatlar juda noqulay. Ashraf bilan hammasi yaxshi boʻlishiga ishonamiz”, – dedi Kompani matbuot anjumanida.
Mazkur uchrashuv “Bavariya”ning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar