16:35 / 02.06.2019
3 269

Nima uchun mehnatsevarlar muvaffaqiyatga erishishda qiyinchiliklarga duch kelishadi?

Nima uchun mehnatsevarlar muvaffaqiyatga erishishda qiyinchiliklarga duch kelishadi?
Agar siz bor kuchingiz bilan harakat qilib ham kutilgan natijaga erisha olmayotgan bo‘lsangiz, balki buning quyidagi sabab va yechimlarini ko‘rib chiqadigan vaqt kelgandir?

1. Siz yangi tanishlar orttirmaysiz
Eski do‘stlar bilan muloqotda bo‘lish oson. Siz bir-biringizni anchadan beri bilasiz, umumiy xotiralaringiz, qiziqarli voqealar va hazillar yetarli. Muammo shundaki, siz eski mavzularni muhokama qilaverib, o‘tmish bilan «to‘lib» qolgansiz. Bu esa sizning yangilik egallashingizga xalaqit beryapti.

Yangi odamlar bilan tanishish qiyinchilik tug‘dirsa, ishni osonrog‘idan boshlang. Haftada bir marta notanish odam bilan suhbat qurishga harakat qiling. Asta-sekin bu odatiy tusga aylanadi va siz muloqotda erkinroq bo‘lib borasiz.

2. Siz o‘zgarishlardan qochasiz
Agar sizni o‘rab turgan muhit har kuni bir xillikdan iborat bo‘lsa, marralarga erishish qiyinlashib boradi. O‘zgarishlar esa yangi imkoniyatlar va istiqbol kalitidir. Shu sababli ulardan qochish o‘rniga, foyda olishga harakat qiling. Yangiliklarni erkin kutib oluvchi va qiziquvchan bo‘ling.

3. Siz tavakkal qilishdan qo‘rqasiz
Aqlli odamlarning ko‘p qismi o‘zlarining qulay muhitlaridan chiqishga qo‘rqishadi, axir u yerda hamma narsa tanish va xavfsiz. Boshqalar yurib tekislagan yo‘llarda yurishni va atrofdagilar uchun ko‘proq mashhur kasbni tanlashni ma’qul ko‘rishadi. Natijada aksariyat kishilar o‘zlari shug‘ullanayotgan ishdan zavq olmasliklarini tan olishadi. Ular o‘zlari doimo orzu qilgan mashg‘ulotni egallashga qo‘rqishadi.

Agar siz shubhalanayotgan va nima qilishga ikkilanayotgan bo‘lsangiz, bu ish sizning kelajagingizga qanday ta’sir ko‘rsatishini tasavvur qiling. Xatoyingizdan pushaymon bo‘lmaysizmi?

4. Siz o‘tmishdagi muvaffaqiyatlaringizga ishonasiz
Aksariyat odamlar kutilgan natijaga erishish kaliti aql, oltin medal yoki qizil diplomdan iborat deb o‘ylashadi. Baxtga qarshi, har doim ham bunday emas.
Aslida natija nafaqat siz zo‘r bergan ilovalarga balki strategik tafakkur va qanchalik g‘aroyib bo‘lmasin omadga ham bog‘liq.

5. Siz tanlay olmaysiz
Birinchi jiddiy sinovdan o‘tish uchun sabrli bo‘lish lozim. Oramizdagi ko‘pchilik ma’lum bir ishga kirishishadi, qiyinchilikka duch kelishadi, taslim bo‘lishadi va boshqa yumushga o‘tib ketishadi.

Barcha debochalar malaka, vaqt va kuchni talab qiladi. Ularni behuda narsalarga sarflamang. Aynan hozir eng muhim bo‘lgan vazifaga diqqatingizni jamlang.

6. Qaror qabul qilish qo‘lingizdan kelmaydi
Bilim va mehnatsevarlik ko‘plab eshiklarni ochadi. Afsuski, imkoniyatlar kengligi ba’zida tanlovni qiyinlashtirishga ham xizmat qiladi. Bu esa sizni mos keluvchi variant qidirish yo‘lidagi tuganmas urinishlarga yetaklashi va eng yaxshisini o‘tkazib yuborishdan qo‘rquvga solishi mumkin. Ba’zan odamlar universitetni tamomlagandan 10 yil o‘tib ham o‘zlari nima sohada faoliyat yuritishni xohlashlarini bilmasliklari mumkin.

Muhim qarorni qabul qilishdan oldin, siz uchun qiziq bo‘lgan faoliyat sohasiga tanish kishilardan maslahat oling. O‘z ishining ustalari bilan muloqotda bo‘ling, shu mavzuda kitob va maqolalar topib o‘qing.

7. Siz o‘zingizga ishonmaysiz
Aqlga sig‘maydi, lekin fakt: idrokli odamlar ham o‘z imkoniyat va qobiliyatlarini noto‘g‘ri baholashlari mumkin. Ko‘pincha shaxsiy talabni oshirib yuborish natijasida o‘z-o‘ziga tanqid va perfeksionizm kelib chiqadi.

Bu foydali sifatlar bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Lekin aslida ular sizni ichkaridan yemiradi, kerakli kuch va o‘zingizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirib boradi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun mehnatsevarlar muvaffaqiyatga erishishda qiyinchiliklarga duch kelishadi?