1. Bir vaqtlar tuz qimmatbaho tovar hisoblangan
Ilgari tuz bugungi kundagi kabi serob bo‘lmagan. Odamlar uni oq oltin deb atashgan. Hatto XX asrning boshlarida Efiopiyada pul birligi sifatida tuz qabul qilingan.
2. Tuz burgalardan qutilishning yaxshi yo‘li!
Ko‘pincha burga va boshqa zararkunandalarga uy hayvonlari sabab bo‘ladi, bunday holatda gilamga bir chimdim tuz yetarli, barcha burgalar o‘ladi.
3. Inglizcha “salary” - ish haqi so‘zi tuz, ya’ni “salt” so‘zidan kelib chiqqan
Qadimda Rim askarlariga qilgan mehnatlariga pul evaziga tuz berilgan. Chunki o‘sha paytda tuz qimmat bo‘lgan.
4. Biz atigi 7% tuzni iste’mol qilamiz
7% tuz iste’mol qilinadi, qolgan 93% tuz kimyo sanoatida ishlatiladi.
5. Me’yordan ortiq tuz iste’mol qilish o‘limga olib kelishi mumkin
Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, inson vazni qancha bo‘lsa, shuncha miqdordagi tuz inson umrining zavoli bo‘lishi mumkin. Qadimgi Xitoyda ham o‘z joniga qasd qilish uchun tuzdan foydalanilganligi haqiqat.
6. Kuniga 1 osh qoshiq tuz iste’molga tavsiya etiladi
Kundalik ovqatlanishimizda tuzning miqdoriga katta e’tibor qaratishimiz kerak. Iloji boricha sho‘r narsalardan uzoq turganimiz maqsadga muvofiq.
Kosher tuzi va dengiz tuzi yaxshiroq deyishadi, chunki ular tarkibida kam natriy bor. Ammo bu to‘g‘ri emas, barcha turdagi tuzlar bir xil miqdordagi natriyni o‘z ichiga oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
Rossiya Ukrainaning qator mintaqalariga raketalar bilan hujum qildi
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Asir: Ukraina askarlari otishni internetdagi videolar yordamida o‘rganishadi