Xalqaro press klubning «Qadamma-qadam» loyihasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov sog‘lom ovqatlanishda tuz va shakarning me’yori masalasiga to‘xtaldi.
«Tuz iste’moli. Bunga o‘rganib qolganmiz. E’tibor bersangiz, har bir oshxona, restoranlarda stolga tuz qo‘yib qo‘yiladi. Hozirda ko‘p mamlakatlarda tuz olib qo‘yilyapti. Chunki tuz, shakar bu – o‘lim sababchisi, oq ajal ham deyiladi.
Tuz bilan ovqat albatta mazali bo‘ladi. Ammo u birinchi navbatda organizmda suyuqlik to‘planib qolishi, shish paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, gipertoniya – qon bosimi oshishining birinchi sabablaridan hisoblanadi. Gipertoniya bo‘lgan insonlarda infarkt, insult ehtimoli yuqori bo‘ladi», – dedi Shodmonov.
Sog‘liqni saqlash vaziri tuzning iste’mol uchun tavsiya etiladigan miqdorini ma’lum qildi.
«Tuz iste’moli me’yori – kuniga 5 gramm. Lekin men 3 grammni tavsiya qilgan bo‘lardim. Chunki biz [iste’mol qilayotgan] nonimiz, salatimizdagi tuzni hisobga olmadik. Tuzning ortiqcha iste’moli ham doping deb hisoblanadi», – dedi u.
Alisher Shodmonov shakar iste’moliga ham to‘xtalib, aholi iste’mol qilayotgan qand miqdori me’yoridan o‘n baravar ko‘pligini ma’lum qildi.
«Shakar birinchi bo‘lib qandli diabet kasalligiga asosiy omil. Shakarning miqdori ko‘payganida u oshqozoningizda yog‘ga aylanadi va ortiqcha vazn hamda semizlikka olib keladi. Shakarni ko‘p iste’mol qilish semizlik, qandli diabetga olib kelsa, bu albatta gipertoniyani keltirib chiqaradi va bu, o‘z navbatida, infarkt va insultga olib keladi.
Og‘ir masala shundan iboratki, semizlik onkologik kasalliklarga moyil qilib qo‘yadi.
Bugungi kunda shirin ichimliklar, konditer muzqaymoqlarini sevib iste’mol qilamiz. Umuman, biz iste’mol qilayotgan qand miqdori me’yoridan 10 baravargacha oshib ketyapti», – deya qo‘shimcha qildi Shodmonov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi