Foto: Freepik
Ba’zi simptomlar o‘xshash bo‘lgani bilan allergiya va shamollashni bir-biridan ajratib turadigan farqlar ham yo‘q emas. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham aniq tashxis qo‘yish va davo choralarini boshlash uchun shifokorga murojaat qilish zarur.
Qichima: Allergiya
Ko‘z, burun, quloq yoki tomoqning qichishi allergiyaga xos eng ko‘p tarqalgan simptom sanaladi. Qichimani allergiya faolligida organizmdan ajraladigan gistamin keltirib chiqarishi mumkin. Shamollashda esa ushbu simptom kuzatilmasligi kerak.
Simptomlarning davomiyligi: Allergiya
Tumov, ko‘zning yoshlanishi kabi simptomlar uch-besh kun davomida ham kuchsizlanmasa, sizda allergiya borligi ehtimoli katta. O‘RVIning faolligi odatda hafta davomida o‘tib ketadi. Allergiya esa allergen ta’siri to‘xtamagunicha siz bilan bo‘ladi.
Ko‘z yoshlanishi: Allergiya
Gripp yoki boshqa O‘RVI kasalliklarida ham ko‘z yoshlanishi mumkin, lekin bu holat birinchidan, asosan tana haroratining balandligi va tomoq og‘rig‘i bilan birga kuzatiladi, ikkinchidan esa bir necha kun davomida o‘tib ketadi. Agar hech qanday boshqa simptomlar kuzatilmaydigan bo‘lsa, sizda allergiya ekani aniq. Shifokorlar ko‘zni toza suv bilan tez-tez yuvib turish, allergiyada qo‘llanadigan ko‘z tomchilaridan foydalanish, shuningdek, iloji boricha qo‘l bilan kamroq teginish kerakligini ta’kidlaydi.
Tana haroratining ko‘tarilishi: Shamollash
Asosan bahorda kuzatiladigan allergiya kamdan-kam hollarda tana haroratining ko‘tarilishi bilan namoyon bo‘ladi. Harorat bilan birga kuzatilgan taqdirda esa kasallik o‘tib ketgan, eshak yemi yoki shishlar kuzatilayotgan bo‘ladi va ularni payqamaslikning iloji yo‘q. Ammo virusli kasalliklar deyarli hamma vaqt tana haroratining ko‘tarilishi bilan namoyon bo‘ladi: bu yo‘l bilan organizm infeksiyaga qarshi kurashadi. Shu sababdan ham shifokorlar tana harorati 38 darajagacha ko‘tarilmagunicha, uni tushirishga harakat qilmaslik kerakligini ta’kidlaydi.
Mavsumiylik: Allergiya
Mavsumiylik virusli kasalliklardan ko‘ra, allergiyaga ko‘proq xosdir. Gripp ayniqsa, emlangan kishilarda tez-tez takrorlanmasligi mumkin, allergiya bilan esa hammasi boshqacharoq. Hamisha yilning bir vaqtida kasallikdan aziyat chekadigan bo‘lsangiz, sizda allergiya borligi ehtimoli katta.
Tomoq og‘rishi: Shamollash
Allergiyani virusli kasalliklardan ajratib turadigan yaqqol belgi tomoq og‘rishi hisoblanadi. Nafas yo‘li kasalliklarida tomoqda og‘riq va yallig‘lanish kuzatiladi, ammo allergiyada emas.
Mushaklarning og‘rishi: Shamollash
O‘RVIga xos yana bir keng tarqalgan simptom mushaklarning og‘rishi va zirqirashi hisoblanadi. Bu hujayralarning infeksiya bilan kurashishi natijasida yuz beradi, allergiyada esa bu holat kuzatilmaydi.
Toshma toshishi: Allergiya
Allergiya hamma vaqt ham toshma toshishi bilan kuzatilmaydi. Ammo toshma paydo bo‘ladigan bo‘lsa, bu virus emasligiga ishonchingiz komil bo‘lsin. O‘RVI hech qachon qichiydigan toshmani keltirib chiqarmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turida qanday natijadar qayd etildi?