22:22 / 31.03.2025
44 985

Benzin va gaz narxi oshishi kutilmoqda: 1 apreldan yangi tariflar

Benzin va gaz narxi oshishi kutilmoqda: 1 apreldan yangi tariflar
O‘zbekiston Respublikasida 2024 yil 24 dekabrda qabul qilingan ORQ-1014-son Qonuniga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Shundan kelib chiqib, neft mahsulotlari va gazga aksiz solig‘i stavkalari oshirildi.

Buning natijasida, 1 apreldan boshlab benzin, dizel yonilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gaz kabi yoqilg‘i turlarining chakana narxlari ortishi kutilmoqda.

Masalan, AI-80 va yuqori benzinning narxi 1 litri uchun 476 so‘mdan 525 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin. Xuddi shunday, AI-91 benzini 425 so‘mdan 470 so‘mgacha oshishi kutilmoqda.

Dizel yonilg‘isining narxi bir litr uchun 476 so‘mdan 525 so‘mgacha oshirilmoqda. Suyultirilgan gazning 1 litr narxi 476 so‘mdan 525 so‘mgacha oshsa, siqilgan gazning 1 metr kubi uchun 678 so‘mdan 750 so‘mgacha ko‘tarilmoqda.

Mazkur o‘zgarishlar iste’molchilar uchun yoqilg‘i narxlarining sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot