date
views 1 146

DXX mas’uli Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar bo‘ldi

DXX mas’uli Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar bo‘ldi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Abdurasul Abdurahmanov Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Abdurasul Abdurahmanov 1990 yil Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. 2012 yilda Davlat xavfsizlik xizmati institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – yurisprudensiya, huquqshunos.

Abdurahmanov mehnat faoliyati davomida Davlat xavfsizlik xizmati idoralari ofitserlari tarkibida harbiy xizmatda mehnat qilgan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2019 yildan Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tezkor bo‘linma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX mas’uli Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar bo‘ldi